Petruxina Natal`ya Mixaylovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «F. M. Dostoevskiy ijodi XX asr jahon adabiyoti kontekstida», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1/Fil109.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Nazarov Baxtiyor, filologiya fanlari doktori, professor, akademik; Yusupov Toyir Jabbarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Djuraevna, filologiya fanlari doktori. professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Dostoevskiy ijodining estetik va badiiy-falsafiy konseptlari reseptiv tizimi yagona konseptual yo‘llarini tadqiq qilish va  XX asr jahon adabiy jarayoni shakllanishiga ushbu yozuvchi badiiy tizimining ahamiyati, qonuniyatlarining ta’siri, roli va ahamiyatini belgilash.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Dostoevskiy ijodiga metodologik yondashuv tizimli ravishda Dostoevskiy ijodiga xos dunyoqarash (axloqiy, diniy-falsafiy, tarixiy, ijtimoiy) va estetik (so‘z ijodkorligi estetikasi ma’nosida) aspektlarni reseptiv estetika rakursida keng miqyosda tahlil qilishning sintetik tizimi shakllantirilgan;

«adabiyotlararo» reseptiv maydon shakllanishi isbotlanib, «umumiy tipologik qator»ning uchta asosiy chizig‘i aniqlandi: F. Dostoevskiy va rus adabiyoti, F. Dostoevskiy va G‘arbiy Evropa ekzistensial an’anasi hamda F. Dostoevskiy va XX asr o‘zbek romanchiligi kabilarni ochib berilgan;

F.Dostoevskiyning «isyonkor shaxs» konsepti doirasida markazlashgan «axloqiy talablar» koordinatalarini tizimlashtirish va kontekstual tahlil qilish tizimi jarayonida «G‘arb-Rossiya-Sharq» mental uchligi tipologiyasi dalillangan;

ilk bor roman matnining ham janriy, ham struktur koordinatalarini tizimlashtirish kontekstida Dostoevskiyning «ko‘p ohangli» romani va XX asr o‘zbek romanchilik an’anasining motivlari ochi berilgan;

Dostoevskiy asarlarining ko‘p qatlamli badiiy tahlili, shuningdek, XX asrning bir qator yozuvchilarining nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri komparativ muvofiqligi tizimida, balki qiesiy, tipologik, an’ana darajasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin iqtibos olish, dunyoqarashga oid badiiy o‘zlashtirish, madaniy-falsafiy  tizimida qayta kodlashtirish asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

F.Dostoevskiy ijodini o‘rganish respublikaning ta’lim rus tilida olib boriladigan maktab dasturiga kiritilgan va yozuvchi ijodini badiiy tahlil qilish va «Bechora kishilar» romanining tahlili natijalari ta’lim rus tilida olib boriladigan 9-sinflarning «Adabiyot» darsliklarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21 noyabr` 548-son Dasturiga asosan amalga oshirilgan va Xalq ta’limi vazirligining 30 noyabr` 2017 yildagi № 01/11-01/07-1735-son raqamli xati). Natijada maktablarda adabiyotni o‘qitishning ilmiy-metodik bazasi darajasi ko‘tarilgan;

F.Dostoevskiy ijodining reseptiv estetikasi haqidagi xulosalar «Rus adabiyoti va madaniyati cheksiz: taraqqiyot istiqbollari» nomli xalqaro loyihaning joriy qilinishi doirasida foydalanilgan (Rossotrudnichestvoning 2017 yil 11 noyabrdagi 01/11-01/02-87-son ma’lumotnomasi). Natijada Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida ilmiy va madaniy sohalarda F.Dostoevskiy ijodining o‘qitish usullari takomillashgan;

F.Dostoevskiy ijodinining reseptiv estetikasi haqidagi xulosalar «Madaniyat va ma\'rifat» kanalida efirga uzatilgan «Jahon adabiyoti» ko‘rsatuvini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma\'rifat» telekanalining 2017 yil 21 dekabrdagi 02-15/889-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning badiiy adabiyotni san’atning bir turi sifatida anglash qobiliyati, badiiy-tanqidiy fikrlash darajasi ko‘tarilgan va ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, ko‘rsatuv ssenariylarining ilmiy-manbaviy saviyasi boyigan;

adib ijodining jahon miqyosida o‘qitilishi va ttadqiq etish bo‘yicha olingan natijalardan «Rus adabiyoti va madaniyati cheksiz: taraqqiyot istiqbollari» nomli xalqaro loyiha doirasida volontyorlarga ilmiy asoslangan turkum ma’ruzalar o‘qishda foydalanilgan (Rossotrudnichestvoning 2017 yil 11 noyabrdagi 01/11-01/02-87-son ma’lumotnomasi). Natijada Rossotrudnichestvo fan va madaniy markazi tinglovchilari F.Dostoevskiy ijodining bugungi kundagi o‘rganilish yo‘nalishlari va kam o‘rganilgan qirralarini yaxshiroq tushunishlariga xizmat qilgan;

F.Dostoevskiy ijodi bo‘yicha ilmiy-badiiy va publisistik asarlar L.Tolstoy nomidagi ARM foydalanuvchilari va ilmiy xodimlar uchun katalogizatsiya tizimiga kiritilgan (Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi O‘rta maxsus professional ta’lim markazi Informatsion resurs markazining tadqiqot joriylanishi to‘g‘risidagi akti 2018 yil 18 yanvardagi 01-18/055-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari F.Dostoevskiy ijodini o‘zbek yozuvchilarining ijodi bilan solishtirma kontekstda ilmiy-tadqiqot olib boruvchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish