Xmirov Pavel Viktorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Beshkent egilmasining geologik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari va uglevodorod resurs bazasini ko‘paytirish istiqbollari», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/GM170.
Ilmiy rahbar: Bogdanov Aleksandr Nikolaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Zakirov Ravshan Tulkunovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Beshkent egilmasining geologik tuzilishining xususiyatlarini aniqlash va uglevodorod resurs bazasini ko‘paytirish istiqbollarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Beshkent egilmasidagi mezozoy yotqiziqlarining stratigrafik majmualari ustki yuzasi bo‘ylab geologik tuzilishining strukturali-tektonik xususiyatlari aniqlangan;
uglevodorod zahiralarining turlicha baholanishi va ortishi natijalarini, shuningdek, resurs bazasini sanoat miqyosidagi toifalarga aylantirish koeffisientlarini qo‘llash asosida bashorat qilinayotgan resurslarni qayta baholash zarurligi isbotlangan;
Beshkent egilmasining uglevodorod konlarini tutqichlar genetik turlari bo‘yicha tasniflash bajarilgan, bu tasniflash o‘xshash ob’ektlarni tanlash ishlab chiqilgan;
bashorat qilingan uglevodorod resurslarini taqsimlash va ularni qayta baholashdan kelib chiqib, ularning konsentratsiya darajasini hisobga olgan holda Beshkent egilmasidagi mezozoy qatlamlarining neft` va gazga salohiyati va istiqbolligi xaritasi ishlab chiqilgan;
uch o‘lchovli geologik modellar asosida uglevodorod uyumlarini topish uchun istiqbolli maydonlar va ob’ektlarni ajratish orqali Beshkent egilmasining uglevodorodga maxsuldorlik salohiyatini oshirish istiqbollari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Beshkent egilmasining geologik tuzilishining xususiyatlarini aniqlashtirish va istiqbolli uglevodorod xomashyosining zahiralar bazasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi Nishon, Xalqobod, Namozboy (terrigen yura yotqiziqlari) va Bo‘zaxur (terrigen yura yotqiziqlari) tuzilmalarini izlov burg‘ilash uchun tayyorlash yuzasidan tavsiyalar «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoat va geologiya vazirligining 2024 yil 20 sentyabrdagi 08-3518-son ma’lumotnomasi). Natijada, S3 toifasidagi 8,9 mln. t.sh.yo. miqdorida istiqbolli resurslarga ega bo‘lgan Bo‘zaxur (terrigen yura) strukturasi chuqur burg‘ilashga tayyorlash imkonini bergan;
03-GR shaklida jamlanadigan axborotni optimallashtirish maqsadida, ba’zan tasdiqlovchi geologik-geofizikaviy ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan yoki mos kelmaydigan istiqbolli tuzilmalar bo‘yicha 03-GR shakliga o‘zgartirishlarni kiritish yuzasidan tavsiyalar «O‘zbekneftgaz» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoat va geologiya vazirligining 2024 yil 20 sentyabrdagi 08-3518-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz konlarini izlash bo‘yicha istiqbolli strukturalarning yig‘ma fondidagi maydonlarning holatini va o‘rganilganlik darajasini tuzatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish