Nazirov Fazliddin Nuriddinovichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi timpanosklerozni davolashga jarrohlik  yondoshuvi» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1648.
Ilmiy rahbar: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djahongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kaldigozova Galiya Erkimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon davlat tibbiyot universiteti (Ozarbayjon).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-funksional va instrumental tadqiqotlar asosida bolalarda timpanosklerozni davolashning jarrohlik usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bolalarning 27,6% da timpanoskleroz aniqlanib, asosan uning tubotimpanik shaklida eshitish faoliyatining progressiv og‘irlashishi isbotlangan;
surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bolalarda chakka suyaklarining kompyuterli tomografiyasida timpanosklerozning chegaralangan shakli 64,6% - da va tarqoq shakli esa 35,4% - da aniqlanib, jarrohlik amaliyotining bajarilishiga ko‘rsatmalar ilmiy asoslangan;
surunkali yiringli o‘rta otitning jarrohlik amaliyoti mobaynida olingan  to‘qimalarning morfologik tekshiruvida 21,3% holatlarda aseptik nekroz o‘choqlari va 17,4% - da esa suyak sekvestlari mavjudligi, hamda to‘qimalarining o‘choqli kal`sifikatsiyasi, perifokal dag‘al va mayin fibroz to‘qimalardan iborat distrofik o‘choqlar bo‘lishi aniqlangan;
surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bolalarda timpanosklerozni yaqin va uzoq muddat kuzatuvida o‘tkazilgan davo choralarining samaradorlik darajasi qiyosiy baholanib, bolalarda hayot sifati tarzining yaxshilanishi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 15-iyuldagi №3-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda klinik - funksional va morfologik tekshirishlarga asoslanib, timpanosklerozning klinik kechishi va qaytalanish xavf darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: timpanoskleroz bilan og‘rigan bolalarda otoendoskopiya va otomikroskopiya qilish va nur tashxislash, kasallikning klinik kechishini baholash va funksional holatini o‘zgarishlarida taktik yondashuv chora-tadbirlari tavsiya qilingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz-jag‘ bo‘limi amaliyotiga 28.12.2023 yildagi 194-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan; Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR bo‘limi amaliyotiga 25.12.2023 yildagi 356-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 15-iyuldagi №3-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijasida taklif qilingan usul bo‘yicha 72,4% bemorlarda ijobiy natija kuzatilib, bemorlarda yil davomida kasallikning qaytalanishlari soni 1,2±0,06% ni tashkil qilsa, ushbu ko‘rsatkich an’anaviy usul bo‘yicha 4,2±0,14% kuzatildi, davolanish muddati qisqardi. Shunday qilib ushbu toifadagi bemorlarni to‘liq yo‘naltirilgan ravishda tekshirishlardan o‘tishi hamroh kasallikni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlashdan tashqari, davo muolajalarini to‘g‘ri tanlashga, shuningdek iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi yuqori ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan usul bo‘yicha bitta bemorda bir yil davomida kasallikning qaytalanish chastotasining kamayishini hisobga olgan holda iqtisodiy ulushi 688500 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: bolalarda timpanosklerozni kompleks tashxislash uchun otooendoskopiya, otomikroskopiya va morfologik ko‘rsatkichlar va nur tashxis tekshirishlarini qo‘llash, ularda kuzatiladigan yo‘ldosh kasalliklari, jumladan LOR a’zolari surunkali kasalliklarini aniqlash va davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash imkonini beradi, shuningdek, profilaktik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: nur tashxis MSKT tekshiruvlari asosida bolalarda timpanosklerozni tashxislash va davolash me’zonlari aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Nur tekshiruvlari asosida chakka suyaklari MSKT tasvirdan o‘tkazildi. Chakka suyaklari holatini o‘rganish uchun video-endoskopik va otomikroskopik tekshiruvlardan tashqari barcha bemorlarda nur tashxis tekshiruvlari bajarildi. Tekshiruv davomida nog‘ora bo‘shlig‘ida va so‘rg‘ichsimon o‘simta sohalarida patologik to‘qimalar, jumladan sklerotik va destruktiv jarayonlarning mavjudligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ldik. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz-jag‘ bo‘limi amaliyotiga 28.12.2023 yildagi 194-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan; Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR bo‘limi amaliyotiga 25.12.2023 yildagi 356-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 15-iyuldagi №3-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: timpanosklerozlarda turli xildagi morfologik ko‘rinishlarini MSKT tekshiruvlarida o‘ziga xos o‘zgarishlarni aniqlanishi orqali kasallikning diagnostikasi takomillashtirildi. Ilmiy yangilik iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda timpanosklerozlarni o‘z vaqtida to‘liq tashhislash, zaruriy bo‘lgan tekshirishlarni to‘g‘ri tanlash, keraksiz yoki ortiqcha tekshiruvlar bilan bemorlarni nurlantirish kabi holatlarni cheklash va albatta, davolash samaradorligini oshirishni ta’minlaydi va shu asosda davolash rejasini tuzish ortiqcha sarf-harajatni oldini oladi, bu esa o‘rtacha 688500 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: timpanoskleroz bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash, davolash va boshqa kasalliklarni kelib chiqishi oldini olinadi va moliyaviy xarajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bolalarda o‘rta quloq yallig‘lanishlarida timpanosklerozni davolash uchun bir bosqichli jarrohlik usulini qo‘llash, o‘rta quloqda suyak to‘qimalarida aseptik nekroz va suyak sekvestrlarini oldini olishi isbotlangan va joriy qilingan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yiringli o‘rta otit bo‘lgan bolalarda timpanosklerozni tashxislash va davolashni optimallashtirish uchun dalillarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi, bu kasallik alomatlarini kamaytirdi, klinik belgilarning tez regressiyasiga va bolalarning salomatligi tiklanishiga yordam berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz-jag‘ bo‘limi amaliyotiga 30.12.2023 yildagi 184-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan; Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR bo‘limi amaliyotiga 28.12.2023 yildagi 109-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 15-iyuldagi №3-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bolalarda timpanoskleroz kasalligining avj olib ketuvchi shakllariga o‘tishini kamaytirish, ichki quloq va kallaichi kabi asoratlarini oldi olindi, tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga erishildi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bir bosqichli jarrohlik aralashuvining joriy qilinishi  hisobiga takroriy statsionar davolanishlarning kamayishi, bitta bemorda bir yil davomida bemorning shifoxonada qolish muddatini, ya’ni o‘rin kunining sezilarli ravishda qisqarishi va bemorlarda shifoxonada yotoq to‘lov miqdorlarining kamayishi hisobga olgan holda iqtisodiy ulushi 6450000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: bolalarda timpanosklerozlarni kompleks davolash uchun bir bosqichli jarrohlik amaliyotini tadbiq nog‘ora bo‘shlig‘i va yon qo‘shni a’zolarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni oldini olish va yuqori klinik samaraga erish, bemorlarda moliyaviy mablag‘i tejalishi, ularda qatnovlar sonining kamayishi va yosh bemor bolalar salomatligini saqlanishini ta’minlanadi va davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash imkonini beradi, shuningdek, profilaktik jihatdan ham muhim o‘rin egallaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda timpanosklerozlarni davolashda bir bosqichli jarrohlik qo‘llash orqali bolalarda nog‘ora bo‘shlig‘ida organik o‘zgarishlarini oldini olish, ya’ni o‘rta quloqda suyak to‘qimalarida aseptik nekroz va suyak sekvestrlarini rivojlanishini kamaytirish, shuningdek, davo samaradorligi ishonchli darajada oshishi klinik, anatomik va funksional ko‘rsatgichlarga asoslanib isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR va yuz-jag‘ bo‘limi amaliyotiga 30.12.2023 yildagi 184-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan; Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR bo‘limi amaliyotiga 28.12.2023 yildagi 109-sonli buyruq bilan tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 15-iyuldagi №3-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalar amaliyotida xozirgi vaqtda amalda qo‘llanilib kelinayotgan an’anaviy jarrohlik usulida bemorlarda ikki bosqichli jarrohlik aralashuvi natijasida bemorlarda ortiqcha operativ aralashuvlar bo‘lishi, nog‘ora bo‘shlig‘i normal anatomiyasining suyakchalar zanjirining butunligi buzilishi, shuningdek, nog‘ora bo‘shlig‘ida patologik organik o‘zgarishlar ya’ni, birinchi bosqich jarrohlik amaliyotidan keyin stapedoplastika amaliyotini bajarish uchun ikkinchi bosqichni ma’lum muddat davomida kutish o‘rta quloqda suyak to‘qimalarida aseptik nekroz va suyak sekvestrlarini rivojlanib ketishiga, shuning hisobiga SYO‘O kasalligining qaytalanishi yoki avj olib qo‘zish davriga o‘tish jarayonlari kuchayib ketishiga olib kelishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: biz taklif qilgan bir bosqichli davolash usuli, bemorlarni erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Kompleks davolash usulining joriy qilinishi hisobiga takroriy davolanishlarning kamayishi natijasida bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 7 kundan 3 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorlarini kamaytiradi. Shunday qilib, taklif qilingan usul bo‘yicha bitta bemorda bir yil davomida kasallikning qaytalanishi va jarrohlik amaliyoti sonining kamayishini hisobga olgan holda iqtisodiy ulushi 6450000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: bolalarda timpanosklerozlarni kompleks davolash uchun bir bosqichli jarrohlik amaliyotini tadbiq qilinishi nog‘ora bo‘shlig‘i va yon a’zolarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni oldini olish va yuqori klinik samaraga erishish, bemorlarda moliyaviy mablag‘ning tejalishi, ularda statsionar davolanish sonining kamayishi va yosh bemor bolalar salomatligini saqlanishi ta’minlanadi va davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash imkonini beradi, shuningdek, profilaktik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish