Rahimova Shaxnozaxon Muhidddin qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Migren va zo‘riqish bosh og‘rig‘idagi abuzus bosh og‘riqlarining klinik-nevrologik va ba’zi biokimyoviy xususiyatlari», 14.00.13-Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2775.
Ilmiy rahbar: Saidvaliev Farrux Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Mirxotam Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xakimova Soxiba Ziyadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: birlamchi bosh og‘riqlari hisoblangan migren va zo‘riqish bosh og‘rig‘idan kelib chiqqan abuzus bosh og‘rig‘ining nevrologik kechishida jinsiy gormonlarning o‘rni va tashxislash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
abuzus bosh og‘rig‘i klinik-nevrologik kechishi birlamchi bosh og‘riqlari bilan solishtirilgan xamda migren va zo‘riqish bosh og‘riqlaridan kelib chiqish ehtimoli differensial tartibi asoslangan;
abuzus bosh og‘rig‘i kelib chiqishi va rivojlanishida jinsiy gormonlar morfofunksional axamiyati isbotlangan;
qon zardobida progesteron miqdori kamayishi va abuzus bosh og‘rig‘i klinik kechishi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqligi tashxislangan xastalikning gormon miqdoriga bog‘liqligi isbotlangan;
klinik-nevrologik va biokimyoviy xususiyatlar natijalariga ko‘ra abuzus bosh og‘riqlarini erta tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                    Abuzus bosh og‘rig‘i tashxisi qo‘yilgan bemorlarda abuzus bosh og‘rig‘ining klinik-nevrologik kechishi va ba’zi biokimyoviy xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: abuzus bosh og‘rig‘i klinik-nevrologik kechishi birlamchi bosh og‘riqlari bilan solishtirilgan migren va zo‘riqish bosh og‘riqlaridan kelib chiqish ehtimoli differensial tartibi asoslangani bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 24 avgustda 08-23/109-t son bilan tasdiqlangan «Birlamchi bosh og‘riqlaridagi abuzus bosh og‘riqlarining klinik-nevrologik xususiyatlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 5.09.2023 yildagi №537 hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 12.09.2023 yildagi №46 sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/71-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlardagi abuzus bosh og‘rig‘i klinik-nevrologik kechishini o‘rganish orqali abuzus bosh og‘riqlariga diagnoz qo‘yishda differensial yondashuvga erishiladi va birlamchi bosh og‘riqlaridan abuzus bosh og‘rig‘i kelib chiqishi sonini kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: abuzus bosh og‘riqlarini klinik-nevrologik va ba’zi biokimyoviy xususiyatlariga ko‘ra erta tashxislash mezoni birlamchi bosh og‘riqlardan abuzus bosh og‘rig‘i kelib chiqishini oldini olish, qondagi jinsiy gormonlar konsentratsiyasini aniqlash orqali abuzus bosh og‘rig‘ini prognozlash imkonini berishi natijasida og‘riq qoldiruvchi vositalarga ehtiyojni kamayishi, bemorlarning hayot sifatini va funksional holatini yaxshilash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar zaruratini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 2709670 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergani isbotlangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: abuzus bosh og‘rig‘i kelib chiqishi va rivojlanishida jinsiy gormonlar morfofunksional ahamiyati va o‘rni isbotlangani bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 24 avgustda 08-23/109-t son bilan tasdiqlangan «Birlamchi bosh og‘riqlaridagi abuzus bosh og‘riqlarining klinik-nevrologik xususiyatlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 5.09.2023 yildagi №537 hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 12.09.2023 yildagi №46 sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/71-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilish natijalari abuzus bosh og‘riqlarini klinik kechishini baholash yordamida aholi o‘rtasida kasallikni erta aniqlashga va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish uchun yordam beradi. Bemorlar salomatligining qayta tiklanishi hamda kasallikni kuchayishini oldini olib, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: abuzus bosh og‘riqlarini klinik-nevrologik va ba’zi biokimyoviy xususiyatlariga ko‘ra erta tashxislash mezoni birlamchi bosh og‘riqlardan abuzus bosh og‘rig‘i kelib chiqishini oldini olish, qondagi jinsiy gormonlar konsentratsiyasini aniqlash orqali abuzus bosh og‘rig‘ini prognozlash imkonini berishi natijasida og‘riq qoldiruvchi vositalarga ehtiyojni kamayishi, bemorlarning hayot sifatini va funksional holatini yaxshilash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar zaruratini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 2709670 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergani isbotlangan;
uchinchi ilmiy yangilik: qon zardobida progesteron miqdori kamayishi va abuzus bosh og‘rig‘i klinik kechishi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqligi tashxislangan xastalikning gormon miqdoriga bog‘liqligi isbotlangani bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 24 avgustda 08-23/109-t son bilan tasdiqlangan «Birlamchi bosh og‘riqlaridagi abuzus bosh og‘riqlarining klinik-nevrologik xususiyatlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 5.09.2023 yildagi №537 hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 12.09.2023 yildagi №46 sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/71-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tekshirish usulidan faoydalanish kasallikni erta tashxislashga yordam beradi va bemorlar hayot sifatini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: abuzus bosh og‘riqlarini klinik-nevrologik va ba’zi biokimyoviy xususiyatlariga ko‘ra erta tashxislash mezoni birlamchi bosh og‘riqlardan abuzus bosh og‘rig‘i kelib chiqishini oldini olish, qondagi jinsiy gormonlar konsentratsiyasini aniqlash orqali abuzus bosh og‘rig‘ini prognozlash imkonini berishi natijasida og‘riq qoldiruvchi vositalarga ehtiyojni kamayishi, bemorlarning hayot sifatini va funksional holatini yaxshilash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar zaruratini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 2709670 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergani isbotlangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-nevrologik va biokimyoviy xususiyatlar natijalariga ko‘ra abuzus bosh og‘riqlarini erta tashxislash mezonlari ishlab chiqilgani bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 24 avgustda 08-23/109-t son bilan tasdiqlangan «Birlamchi bosh og‘riqlaridagi abuzus bosh og‘riqlarining klinik-nevrologik xususiyatlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 5.09.2023 yildagi №537 hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 12.09.2023 yildagi №46 sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/71-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra bemorlar qon zardobida jinsiy gormonlar miqdorining aniqlanishi hamda kasallikning o‘ziga xos xususiyatlari (shkala va so‘rovnomalar bo‘yicha) tekshirilishi kasallik klinik kechishini baholashda yordam bergan. Ishlab chiqilgan differensial yondashuv mezonlari juda qulay bo‘lganligi sababli nevrologiya amaliyotida keng ko‘lamda foydalanish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: abuzus bosh og‘riqlarini klinik-nevrologik va ba’zi biokimyoviy xususiyatlariga ko‘ra erta tashxislash mezoni birlamchi bosh og‘riqlardan abuzus bosh og‘rig‘i kelib chiqishini oldini olish, qondagi jinsiy gormonlar konsentratsiyasini aniqlash orqali abuzus bosh og‘rig‘ini prognozlash imkonini berishi natijasida og‘riq qoldiruvchi vositalarga ehtiyojni kamayishi, bemorlarning hayot sifatini va funksional holatini yaxshilash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar zaruratini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 2709670 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergani isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish