Tanirbergenov Sultanbek Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik qonunchiligining rivojlanishi”, 12.00.01. – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi  (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu323.
Ilmiy rahbar: yuridik fanlar doktori, professor Umarova Karligash Umarovna    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Tulaganov Abdumannob Abdujabbarovich; yuridik fanlari nomzodi, professor Utemuratov Maxmut Ajimuratovichlarni.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bo‘lib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekanliklari asoslantirildi;
er munosabatlarini tartibga solish sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tuproq unumdorligini oshirish, erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha mintaqaviy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish vakolatlari asoslantirildi;
er umuman milliy boylik hisoblanib, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan himoya qilinishi asoslantirildi;
davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, yo‘q qilganlik uchun yuridik shaxslarga jarima tarzida moliyaviy sanksiya qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra qo‘yidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi:
ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bo‘lib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekanliklari to‘g‘risidagi taklifi 2014-yil 30-sentyabrdagi “Ekologik nazorat to‘g‘risidagi”gi qonunning 11-moddasinining 1-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi KenGESining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 03-03/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik nazorat to‘g‘risidagi munasobatlarini tartibga solishda xizmat qilgan;
er munosabatlarini tartibga solish sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tuproq unumdorligini oshirish, erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha mintaqaviy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish vakolatlari to‘g‘risidagi taklifi 2006-yil 29-avgustdagi “Er to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasinining 1-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi KenGESining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 03-03/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining er to‘g‘risidagi munasobatlarini tartibga solishda xizmat qilgan;
er umuman milliy boylik hisoblanib, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan himoya qilinishi to‘g‘risidagi taklifi 2006-yil 29-avgustdagi “Er to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasinining 1-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi KenGESining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 03-03/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining er to‘g‘risidagi munasobatlarini tartibga solishda xizmat qilgan;
davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, yo‘q qilganlik uchun yuridik shaxslarga jarima tarzida moliyaviy sanksiya qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi to‘g‘risidagi taklifi 2019 yil 04-sentyabrdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasinining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi KenGESining Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2024-yil 01-iyuldagi 06-06/367-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida sohasidagi vakolatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish