Xaydarov Shuhratjon Djumaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi va 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Yu193.
Ilmiy rahbar: Ne’matov Jasur Aminjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Turg‘unboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar doktori; Ibrohimov Jamshid Abdug‘ofur o‘g‘li, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlarni kompleks yuridik jihatdan ochub berish, ularning o‘ziga xos belgilarini aniqlash hamda mazmun mohiyatini tushunish bo‘yicha ilmiy yondashuvni ishlab chiqish, ularning kriminologik xususiyatlarini yoritish, huquqni qo‘llash amaliyotini, jinoyat qonuni normalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transplantatsiya maqsadida insonning a’zolari va to‘qimalarini berishga rozi qilishga majbur qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi haqidagi qoidani qonun normasi sifatida mustahkamlanishi lozimligi asoslangan;
ayolning o‘z homilasini sun’iy tushirishga majburlash jinoyati uchun jazo choralarini kuchaytirish zarurati asoslangan;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam mazmuniga aralashishning ta’qiqlanishi lozimligi haqidagi qoidani qonun normasi sifatida mustahkamlash lozimligi asoslangan;
attraksionni foydalanishga topshirishdan oldin uni montaj qilishda (yig‘ishda, o‘rnatishda) xavfsizlikni ta’minlash uchun talablarni aniq belgilab berish, shu jumladan, attraksionlarni o‘rnatishda ekspluatant asoslanishi kerak bo‘lgan tamoyillarni belgilab berish, shuningdek, ekspluatant attraksionlarni kunlik va yillik tekshirishlarni, shuningdek ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi tekshirishlarni amalga oshirishini mustahkamlash lozimligi asoslangan;
tanosil kasalligini tarqatganlik hamda OIV kasalligi / OISni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik alohida normada differensiatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
tibbiyot xodimining kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun jinoiy javobgarlik alohida normada differensiatsiya qilinishi lozimligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
transplantatsiya maqsadida insonning a’zolari va to‘qimalarini berishga rozi qilishga majbur qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ–780-son Qonunining 1-moddasi 3-bandida (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan 1151-modda) aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 13-martdagi 01/q-08-35-son dalolatnomasi). Mazkur taklif inson a’zosini va (yoki) to‘qimalarini olish ixtiyoriy amalga oshirilishi va bunga majburlash qonunga xilof ekanligini belgilashga xizmat qilgan;
ayolning o‘z homilasini sun’iy tushirishga majburlash jinoyati uchun jazo choralarini kuchaytirish haqidagi qoidani qonun normasi sifatida mustahkamlash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ–829-son Qonunining 3-moddasi 10-bandida (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan 115-modda) aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 13-martdagi 01/q-08-35-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ayolning o‘z homilasini sun’iy tushirishga majburlash jinoyati uchun jazo choralarini kuchaytirish orqali majburlash qonunga xilof ekanligini belgilashga xizmat qilgan;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam mazmuniga aralashishning ta’qiqlanishi lozimligi haqidagi qoidani qonun normasi sifatida mustahkamlash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 21-yanvardagi O‘RQ–815-son Qonunining 3-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish) aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 13-martdagi 01/q-08-35-son dalolatnomasi). Mazkur taklif mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam mazmuniga aralashishning ta’qiqlanishi qonunga xilof ekanligini belgilashga xizmat qilgan;
attraksionni foydalanishga topshirishdan oldin uni montaj qilishda (yig‘ishda, o‘rnatishda) xavfsizlikni ta’minlash uchun talablarni aniq belgilab berish, shu jumladan, attraksionlarni o‘rnatishda ekspluatant asoslanishi kerak bo‘lgan tamoyillarni belgilab berish, shuningdek, ekspluatant attraksionlarni kunlik va yillik tekshirishlarni, shuningdek, ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi tekshirishlarni amalga oshirishini mustahkamlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-noyabrdagi 677-son qarori bilan tasdiqlangan “Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament” ning 77 va 84-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta'miniash departamentining 2024-yil 1-martdagi 12-15-18-son dalolatnomasi). Mazkur taklif inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va kasb majburiyatlarini aniq belgilab berishga xizmat qilgan;
tanosil kasalligini tarqatganlik hamda OIV kasalligi / OISni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik alohida normada differensiatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasining 144 va 145-moddalari ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 27/2-241-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklif boshqa shaxsni tanosil yoki OIV kasalligi/OISni yuqtirish xavfi ostida qoldirganlik yoki unga yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikni differensiatsiya qilinishiga xizmat qilgan;
tibbiyot xodimining kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun jinoiy javobgarlik alohida normada differensiatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasining 150-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 27/2-241-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tibbiyot xodimining kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun jinoiy uchun jinoiy javobgarlikni differensiatsiya qilinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish