Xoldarov Davronbek Madaminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fargʻona vodiysi sho‘rlangan tuproqlari biogeokimyosi va ulardan foydalanish yo‘llari», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/V195.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Gulom, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Isaqov Valijon Yunusovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shadieva Nilufar Iskandarovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi sho‘rlangan tuproqlari biogeokimyosi va ulardan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlari  va sho‘rxoklarida mikroelement, ultromikroelement va lantanoidlar (Cu, Zn, Mn, B, Mo va Fe, Rb, Th, Ce, Cs, Ta, Li, Eu, Tb, Hf, Sb, Yb, La, Sm, As, Sr) tarkibi va ularning biogeokimyoviy xossalari aniqlangan;
tuproqlarda tuproq-geokimyoviy nuqtayi nazardan mikro- va ultromikroelementlarning barerlardagi geokimyoviy xossa-xususiyatlari hamda provinsiyalar paydo qilishi isbotlangan;
Farg‘ona vodiysida tarqalgan o‘tloqi saz tuproqlar va sho‘rxoklardagi elementlarning migratsiyasi, klark konsentratsiyasi (KK), klark taqsimoti (KT), biologik singdirish koeffisientlari (Ax) aniqlangan;
o‘tloqi saz tuproqlar va sho‘rxoklarda hamda o‘simlik organlarida kimyoviy elementlarning tebranish chegaralari, tarqalish qonuniyatlari, 35 ga yaqin kimyoviy elementlarning o‘rtacha miqdorlari aniqlangan;
geokimyoviy landshaftlarda lateral va radial geokimyoviy barerlar aniqlanib, bu barerlarda elementlarning migratsion oqimlari yo‘nalishlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi sho‘rlangan tuproqlari biogeokimyosi va ulardan foydalanish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Farg‘ona vodiysi sho‘rlangan o‘tloqi saz tuproqlari va sho‘rxoklari biogeokimyosi hamda ulardan samarali foydalanish yo‘llari» nomli tavsiyanoma Fargʻona viloyati Beshariq tumani hududiga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 31 yanvardagi  05/06-178-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli darajada sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarining meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilashda fermer xo‘jaliklariga  qo‘llanma  sifatida xizmat qilgan;
Beshariq tumani S.Marasulov nomli massivda tarqalgan eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi saz, G‘.Rahimov nomli massivning yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarining mikroelementlar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha xaritanomasi Beshariq tumani qishloq xo‘jalik bo‘limiga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 31 yanvardagi  05/06-178-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda dehqonchilik yuritishda mikroelementlar bilan boyitilgan mineral o‘g‘itlarni qo‘llashga xizmat qilgan;
G‘o‘za ekilgan maydonlardagi yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlar uchun biomikroelementlarni Cu-11, Zn-11, Mn-0.35, B-19, Mo-28 kg/ga hamda eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlar uchun biomikroelementlarni Cu-19, Zn-11, Mn-0.39, B-13, Mo-15 kg/ga qo‘llashning maqbul me’yorlari fermer xo‘jaliklari  amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi  05/05-02-869-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021-2023-yillarda Beshariq tumani G‘.Rahimov nomli hududning «Anvar rais» (30,2 ga), «Y.Payg‘amov» (34,4 ga), «A’lo-5» (58 ga) fermer xo‘jaliklari er maydonlaridagi yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda, S.Marasulov nomli hududning «Kulolobod fayzi» (68,2 ga), «Azizbek» (48,4 ga), «Turg‘unov Martavali» (41,2 ga) fermer xo‘jaliklarining eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarida jami 280,4 ga er maydonlarida g‘o‘za ekilgan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarni biomikroelementlar bilan boyitish orqali ushbu hududlarda har gektar maydondan 34,7-37,3 sentnerdan paxta hosili etishtirilib, biomikroelementlar qo‘llanilmagan maydonlarga nisbatan 3,2-4,4 sentner qo‘shimcha paxta hosili olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish