Rahmonov Oxunjon Olim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Paxta tozalash zavodi chiqindisi va kalsiy xlorati asosida yumshoq ta’sir etuvchi defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4833.
Ilmiy rahbar: Tog‘asharov Ahat Salimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Bobojonov Jamshid Shermatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalsiy xlorat, karbamid va paxta tozalash zavodi chiqindilaridan olingan fiziologik faol moddalar asosida kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar sintezi va ularning olinish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tarkibida kalsiy xlorat, kalsiy xlorat ikkikarbamid, kalsiy xlorat to‘rtkarbamid, xlorid monoetanolammoniy, ammoniy xlorid, olma monoetanolamin va olma trietanolaminli tuzlaridan iborat 9 ta eruvchanlik sistemalari va “tarkib-xossa” diagrammalari yaratilgan;
kalsiy xlorat ikkikarbamid, olma kislotaning trietanolaminli tuzi va suvdan iborat sistemada yangi fazalarning kristallanish maydonlari chegaralari aniqlangan hamda olingan Sa(ClO3)2∙C4H6O5∙N(C2H4OH)3∙N2O birikmaning mavjudligi zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usullari yordamida mavjudligi isbotlangan;
paxta tozalash zavodi chiqindisini xlorid kislotasi yordamida ekstraksiya qilish jarayonining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan, unga ko‘ra xlorid kislotasining konsentratsiyasi 8,0 %, chiqindini kislotaga nisbati 1:5, jarayondagi harorat 25,0°C, limon kislotasining eritmaga o‘tish darajasi 4,758 % ligi aniqlangan;
kalsiy xlorat, karbamid, fiziologik faol moddalar XKEPTZChMEA yoki XKEPTZChNH3 asosida defoliantlarni maqbul tarkiblari va olish jarayonlarini texnologik tizimlari, hamda ularni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kalsiy xlorati, ikkarbamid, XKEPTZChMEA yoki XKEPTZChNH3 asosida, fiziologik faol samarali defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kalsiy xlorati, karbamid, XKEPTZChMEA asosida olingan defoliantlar Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta dala maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi QXBIMMning 2024 yil 12 noyabrdagi 05/04-04-613-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu defoliantlar o‘rta tolali g‘o‘za navlarida qo‘llanilganda, barglarni to‘kilishi 91,2 % ni, ko‘saklarni ochilishi 89,8 % ni samarali defoliatsiyalash imkonini bergan;
kalsiy xlorati, karbamid, XKEPTZChNH3 asosida olingan defoliantlar Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta dala maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi QXBIMMning 2024 yil 12 noyabrdagi 05/04-04-613-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za barglarini to‘kilishini va ko‘saklarning ochilishini tezlashtiruvchi defoliant, suyuq magniy xlorat defoliantiga nisbatan hosilni pishib etilishini tezlashtirib, hosildorlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish