Maxkamov Sardor Anvarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy tok navlari endofit mikrobiotasining hususiyatlari», 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/V863.
Ilmiy rahbar: Nasmetova Soadat Mamajanovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Shakirov Zoir Saatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mamasalieva Laziza Elmuradovna, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy uzum (V.vinifera) navlari mevalaridan endofit mikroorganizmlarni ajratib olish, resveratrol ishlab chiqaruvchi izolyatlarni tanlash va biotexnologik potensialini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy uzum navlarining 12 turining mevalaridan asosan 47% Aspergillus turkumiga mansub endofit mikroorganizmlar ajratib olingan va ularning resveratrol hosil qilish xususiyati aniqlangan;
ilk bor Aspergillus chevalieri GF14SMUz endofit shtammi faol resveratrolni faol ishlab chiqarishi aniqlangan, fermentatsiya sharoitlari optimallashtirilganda uning miqdori 11 barobar oshishi asoslangan;
Aspergillus chevalieri GF14SMUz ekstrakti molekulyar og‘irligi asosan polifenol birikmalariga mos keladigan birikmalarni o‘z ichiga oladi, yuqori antioksidant, yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi faollikga ega, shuningdek, uzum patogenlarini o‘sishiga to‘sqinlik qilishi aniqlangan;
Aspergillus chevalieri GF14SMUz ekstraktidan toza resveratrolni ajratib olish bo‘yicha laboratoriya reglamenti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy tok navlari endofit mikrobiotasining hususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Vitis vinifera o‘simligi mevasidan ajratib olingan Aspergillus chevalieri GF14SMUz endofit zamburug‘ shtammi 5,8S rRNK nukleotidlar ketma-ketligi National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasiga Aspergillus chevalieri GF14SMUz sifatida OP975658.1 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 11 iyuldagi 4/1255-1569 - son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyo miqyosida 5,8S rRNK geni geni nukleotidlar ketma-ketligidan filogenenik tahlil uchun foydalanish imkonini bergan;
Aspergillus chevalieri GF14SMUz mahalliy shtammidan Toshkent viloyati Parkent tumani “So‘qoq sharob” MChJda uzumning qayta ishlangan ikkilamchi materialidan polifenol birikma resveratrolni ajratib olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining 2023 yil 1 martdagi 01-17/256 - son ma’lumotnomasi). Natijada, Aspergillus chevalieri GF14SMUz zamburug‘i bilan fermentlangan uzum ikkilamchi materialida resveratrolning miqdori 0,1% ga ya’ni 12 baravar ortishi imkonini bergan.