Atamirzaeva E’zoza Bekmirzaevnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga fransuz tilini integrativ yondashuv asosida o‘rgatish texnologiyasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ( ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Ped2840
Ilmiy rahbar: Yakubbaev Murodilla Marufovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashakirovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Ishanjanova Munosib Saidahmadovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili yo‘nalishi talabalarining fransuz tilida kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning fransuz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida tinglab tushunish, gapirish nutq faoliyatida “omofon” ( bir xil tovushli so‘zlar) boʻyicha farqli va oʻqish, yozish nutq faoliyatida “omograf” ( bir xil yozuvli so‘zlar) boʻyicha esa oʻxshash xususiyatlari aniqlashtirilgan;
fransuz tilini o‘qitishda integratsiyalashgan yondashuv va innovatsion o‘qitish metodlari asosida talabalar nutqiy muloqot kompetensiyasini (tinglab tushunish,gapirish,oʻqish va yozish) integratsiyalashtirishning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
ingliz tili yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida fransuz tilida nutqiy muloqot kompetensiyaning tarkibiy qismlari bo‘lgan nutq faoliyatining tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish turlarini integratsiyalashtirib o‘qitishga yo‘naltirilgan reseptiv, reproduktiv, produktiv, situativ kommunikativ, ijodiy va integrativ mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan;
talabalarning fransuz tilida nutqiy muloqotni rivojlantirish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar klassifikatsiyasi ishlab chiqilib, ular lingvistik, ekstralingvistik, psixologik va metodik omillar asosida guruhlashtirildi, qiyinchiliklarni oldini olish va bartaraf etishda tilning funksional-amaliy qo‘llanilishiga qaratilgan metodlar va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga fransuz tilini integrativ yondashuv asosida o‘rgatish texnologiyasiga doir erishilgan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning fransuz tilida nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida tinglab tushunish, gapirish nutq faoliyatida “omofon” ( bir xil tovushli so ’zlar) boʻyicha farqli va oʻqish, yozish nutq faoliyatida “omograf” ( bir xil yozuvli so‘zlar) boʻyicha esa oʻxshash xususiyatlarini aniqlashga doir ilmiy-nazariy asoslangan takliflaridan KA 107/2022-2023 raqamli Erasmus+ mobility program loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2024-yil 12 dekabrdagi № 1732-03 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi talabalarining fransuz tilida kommunikativ kompetensiyasining takomillashuviga xizmat qilgan;
fransuz tilini o‘qitishda integratsiyalashgan yondashuv va innovatsion o‘qitish metodlari asosida talabalar nutqiy muloqot kompetensiyasini (tinglab tushunish,gapirish,oʻqish va yozish) integratsiyalashtirishning didaktik ta’minotidan Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Ikkinchi chet til (fransuz tili)” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil, 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i ) Natijada, o‘quv qo‘llanmada berilgan mashqlar nutq faoliyati turlarini integratsiyalashtirib o‘qitish asosida talabalar nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan.
ingliz tili yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida fransuz tilida nutqiy muloqot kompetensiyaning tarkibiy qismlari bo‘lgan nutq faoliyatining tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish turlarini integratsiyalashtirib o‘qitishga yo‘naltirilgan reseptiv, reproduktiv, produktiv, situativ kommunikativ, ijodiy va integrativ mashq va topshiriqlar tizimidan foydalanish samaradorligiga doir takliflaridan Namangan davlat universiteti ingliz tili yo‘nalishi talabari uchun ikkinchi chet til (fransuz tili) fanidan o‘quv dasturi ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan. (Namangan davlat universitetining 2024-yil 12 dekabrdagi № 794-03-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar, ikkinchi chet til (fransuz tili) fani o‘quv dastur mavzularini takomillashtirishga xizmat qilgan.
talabalarning fransuz tilida nutqiy muloqotni rivojlantirish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar klassifikatsiyasi, ulardagi lingvistik, ekstralingvistik, psixologik va metodik guruhlashuvi, qiyinchiliklarni oldini olish va bartaraf etishda tilning funksional-amaliy qo‘llanilishiga qaratilgan metodlar va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi ta’minotidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM muharririyati tomonidan tayyorlangan “Jahon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 20-dekabrdagi 04-36-1937-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi talabalarining fransuz tilida kommunikativ kompetensiyasining takomillashuviga xizmat qilgan.