Abdullaeva Gulruh Abdiazizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalariga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2370.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Ilmiy rahbar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimova Gulsanam Ne’matovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalariga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari psixologik rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra ta’lim dasturlarini san’at, sport  mashg‘ulotlar bilan kompleks uyg‘unlashtirish asosida  aniqlashtirilgan;
maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish modeli motivatsion-faoliyatli ijodiy muhitni yaratishga qaratilgan va shaxsga yo‘naltirilgan texnologik yondashuvlarning tashkiliy-metodik infratuzilmasini ta’limiy-metodik maqsadlarning mazmuniga intensiv moslashtirish hamda natijaviy bloklar o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlash asosida  takomillashtirilgan;
maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalariga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatishning metodikasi bolalarda xavfsizlik vaziyatlarini anglash va ularga tayyor bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘zaro munosabatlar moslashuv traektorisini ishlab chiqish  asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalarida hayot xavfsizligi tushunchalarini shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari hayot xavfsizligi bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligini o‘rgatish jarayonida o‘z-o‘zini himoya qilishning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga barqaror ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yosh (6-7yosh) bolalariga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:  
maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalariga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari psixologik rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra ta’lim dasturlarini san’at, sport  mashg‘ulotlar bilan kompleks uyg‘unlashtirish asosida  aniqlashtirishga doir takliflar PZ-2014-0906083753-raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda hayot xavfsizligi tushunchalarini shakllantirishning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalarga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish modeli motivatsion-faoliyatli ijodiy muhitni yaratishga qaratilgan va shaxsga yo‘naltirilgan texnologik yondashuvlarning tashkiliy-metodik infratuzilmasini ta’limiy-metodik maqsadlarning mazmuniga intensiv moslashtirish hamda natijaviy bloklar o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlash asosida  takomillashtirishga oid takliflar  PZ-2014-0906083753-raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3313-sonli ma’lumotnomasi) hamda №FZ-201907104-sonli “Zilzilada aholining barcha qatlamlarini to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan interaktiv mobil ilova yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan. Natijada pedagogik jamoa tomonidan bolalarning hayot xavfsizligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan  pedagogik jarayonga milliy pedagogika elementlarini kiritish imkoniyati kengaytirilgan;
maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalariga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatishning metodikasi bolalarda xavfsizlik vaziyatlarini anglash va ularga tayyor bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘zaro munosabatlar moslashuv traektoriyasini ishlab chiqish  asosida takomillashtirishga oid takliflar “Xavfdan holi yashamoq” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi   03-03/2-3313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar hayot xavfsizligini ta’minlashda metodik jihatdan tayanish uchun imkoniyat yaratilgan;
maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalarida hayot xavfsizligi tushunchalarini shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari hayot xavfsizligi bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligini o‘rgatish jarayonida o‘z-o‘zini himoya qilishning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga barqaror ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar PZ-2014-0906083753-raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3313-sonli ma’lumotnomasi) hamda №FZ-201907104-sonli “Zilzilada aholining barcha qatlamlarini to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan interaktiv mobil ilova yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan. Natijada Maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalariga hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish