Davlatov Oybek G‘anievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini tarixiy-madaniy meros vositasida rivojlantirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped173.

Ilmiy rahbari: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrullo Kuldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini tarixiy-madaniy meros vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

   tarixiy-madaniy meros vositasida talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirishning tayanch kompetensiyalari (axborot-huquqiy, me’yoriy-metodik va ijtimoiy-madaniy) “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish mazmunini ijtimoiy-gumanitar, matematika va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilan o‘zaro hamkorlikda integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;

talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirish tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti innovatsion ta’limning kollaborativ (hamkorlikda o‘qitish, guruhiy munozara, o‘quv loyihalari) va imitatsion texnologiyalari (trening, debat, ishbilarmonlik o‘yinlari, rolli o‘yinlar)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

talabalarning axborot-tahliliy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi motivatsion, baholash, kommunikativ, refleksiv bosqichlarga asoslangan tarixiy matnlar bilan ishlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni intensiv (matnlarni taqqoslash, germenevtik tahlil etish, matndagi ziddiyatlilikni aniqlash) loyihalash asosida takomillashtirilgan;

“Davr bilan dialog (DBD)” texnologiyasining analitik, tashkiliy, faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik bosqichlari tarixiy-madaniy meros vositasida talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirishning mazmunli-jarayonli va tashkiliy-pedagogik komponentlarini uyg‘un optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirishning tayanch kompetensiyalar tizimini aniqlashtirishga doir takliflardan «Pedagogika» ta’lim sohasi 5110600 – tarix o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 oktyabrdagi 89-03-2497-son ma’lumotnomasi). Natijada tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar mazmuni boyitilgan;

talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirishning tizimli-funksional modelini takomillashtirishga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 18 yanvardagi “Oliy ta’lim tizimida internet-madaniyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi” 23-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 oktyabrdagi 89-03-2497-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirishning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;

pedagogika oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan “Pedagogik aksiologiya” o‘quv qo‘llanmasining “Pedagogik aksiologiyani tadqiq etishga doir metodologik yondashuvlar” bobini yozishda nazariy hamda amaliy material sifatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 oktyabrdagi  89-03-2497-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirishning aksiologik mazmuni takomillashtirilgan;

tarixiy-madaniy meros vositasida talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi takomillashtirilgan hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 oktyabrdagi 89-03-2497-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar asosida tarixiy-madaniy merosni o‘rgatish metodikasi mazmuni takomillashtirilgan va talabalar tomonidan “Davr bilan dialog (DBD)” texnologiyasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish