Xolmurodov Laziz Zarifboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped680.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslaxatchi: Umarov Djamshid Xasanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Korobeynikova Lesya Grigoreevna biologiya fanlari doktori, professor; Tajibaev Soyib Samijonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotini tizimli rejalashtirish uchun tayyorlov, asosiy va yakuniy bosqichlarida muvozanat saqlash va fazoviy vaqt xarakteristikasini rivojlantirishga qaratilgan (statik va dinamik harakatlanish kabi) to‘rt blokli mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish uslubiyati takomillashtirilgan;
7-8 yoshdagi bolalarning harakat reaksiyasi va muvozanat saqlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun statik hamda dinamik rejimda tananing imkon qadar barqarorligini saqlab turishga qaratilgan (akrobatik va murakkab koordinatsion harakatlarni bajarish kabi) murakkab o‘zgaruvchan mashqlarni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga harakatlarga moslashish imkoniyati yaxshilangan;
9-10 yoshdagi bolalarning harakatlarni muvofiqlashtirish, qayta qurish va fazoda harakatlanish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda murakkab o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashishga qaratilgan (maxsus to‘plar, yurish va yugurish elementlari, murakkab koordinatsion harakat kabi) maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlarni integral qo‘llash hisobiga koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish uslubiyati ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning muvozanat saqlash funksiyasini rivojlantirish uchun “Skuter balans” va “Yarim sferali” to‘p bilan keskin o‘zgaruvchan vaziyatlarda bajariladigan maxsus jismoniy mashqlarni kiritish hisobiga murakkab harakatlarni bajarish imkoniyati oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirish uchun dinamik harakatlarni samarali bajarishda muvozanat saqlash maydonini oshirishga qaratilgan mashg‘ulot vositalari (tezkor tiklanish va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash)ni qo‘llash asosida kuch, tezkorlik va tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish hisobiga harakat faolligi oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulorlarida koordinatsion qobiliyatlarini aylanma mashg‘ulot usuli yordamida konseptual asosni o‘z ichiga olgan mazmunli, rejalashtirish va baholovchi-natijaviy komponentlarni yosh xususiyatlariga nisbatan barqaror rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modulni kiritish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha pedagogik tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning darsdan tashqari sport to‘garak mashg‘ulotini tizimli rejalashtirish uchun tayyorlov, asosiy va yakuniy bosqichlarida muvozanat saqlash va fazoviy vaqt xarakteristikasini rivojlantirishga qaratilgan to‘rt blokli mashqlar majmuasi “Sport nazariyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 26 oktyabrdagi 01/1336-son buyrug‘iga asosan 01/1336-A/F-4/7 raqamli guvohnoma). Natijada, koordinatsion qobiliyatlari 9,7%ga rivojlantirishga erishilgan;
7-8 yoshdagi bolalarning harakat reaksiyasi va muvozanat saqlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun statik hamda dinamik rejimda tananing imkon qadar barqarorligini saqlab turishga qaratilgan akrobatik va murakkab koordinatsion o‘zgaruvchan mashqlarni darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi hamda Chirchiq shahar 2-sonli umumta’lim maktablari mashg‘ulotiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8832-son-son ma’lumotnomasi). Natijada, harakat reaksiyasi 8,2%ga, movozanat saqlash qobiliyati 8,5%ga yaxshilangan;
9-10 yoshdagi bolalarning harakatlarni muvofiqlashtirish, qayta qurish va fazoda harakatlanish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda murakkab o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashishga qaratilgan (turli xil to‘plar, yurish va yugurish elementlari, murakkab koordinatsion harakat kabi) maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar Qibray tumanidagi 1-sonli IDTMning darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8832-son-son ma’lumotnomasi). Natijada, harakat ko‘rsatkichlarini tabaqalashtirish qobiliyatini rivojlanganlik darajasi 8,51%ga oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning muvozanat saqlash funksiyasini rivojlantirishga qaratilgan keskin o‘zgaruvchan vaziyatlarda bajariladigan maxsus jismoniy mashqlar majmuasi “Sport nazariyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 26 oktyabrdagi 01/1336-son buyrug‘iga asosan 01/1336-A/F-4/7 raqamli guvohnoma). Natijada, muvozanat saqlash funksiyasi 8,34 %ga yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini rejalashtirishda dinamik harakatlarni samarali bajarishda muvozanat saqlash maydonini oshirish va tezkor tiklanish va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulot vositalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Qibray tumanidagi 1-sonli IDTMning darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8832-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tayyorgarlik darajasi 12,3 %ga oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘g‘uvchilari bilan o‘tkaziladigan darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulorlarida koordinatsion qobiliyatlarini aylanma mashg‘ulot usuli asosida konseptual asosni o‘z ichiga olgan mazmunli, rejalashtirish va baholovchi-natijaviy komponentlarni yosh xususiyatlariga nisbatan barqaror rivojlantirishga qaratilgan pedagogik moduli Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi hamda Chirchiq shahar 2-sonli umumta’lim maktablarining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8832-son-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning statik va dinamik muvozanat saqlash qobiliyati o‘rtacha 10,3%ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish