Aliqulov Aziz Haydarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Korporativ tuzilmalarda antikrizisli boshqaruvni tashkil etish masalalari”,
08.00.13 – Menejment,
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2022.2.PhD/Iqt2297
Ilmiy rahbar: Sodiqov Avazbek Madaminovich,.iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: N.M.Rasulov iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Xalilov Nurillo Xamidullaevich,
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korporativ tuzilmalarda antikrizisli boshqaruv mehanizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy – amaliy takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inqirozli vaziyatlarni oldini olishda paxtachilik klasterlari korporativ boshqaruvida ISO 9001:2015 - “Sifat menejmenti tizimi” xalqaro sifat standartini tadbiq etish zarurati asoslangan;
korporativ tuzilmalarda ish jarayonini tartibga solish (xodim zimmasiga yuklatilgan vazifaning bajarilishi, ijro intizomi, resurslarni samarali boshqarish, mahsulot sifati), nazorat qilishda “kanban” kartochkalari elektron tizimini joriy etish taklifi asoslangan;
Blokcheyn, Big Data, Fintech kabi maxsus moliyaviy texnologiyalardan foydalanish asosida korxonada inqirozga qarshi kurashish imkonini beruvchi dastur ishlab chiqilgan;
“Samarqand paxta klasteri” MChJning ishlab chiqarish ko’rsatkichlari 2030-yilga qadar “barqaror”, “inqiroz xavfi past”, “o’rta xavf” va “yuqori xavf” mezonlari asosida prognoz hisob-kitoblari bajarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korporativ korxonalarda antikrizli boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha dissertatsiya ishida olingan ilmiy natijalar asosida:
To‘qimachilik tarmog‘i korxonalarida inqirozni boshqarishda kompleks va tizimli yondashuvni talab qiluvchi asosiy bosqichlar va chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan boshqaruvning innovatsion tizimini amalga oshirish dasturi ishlab chiqish bo‘yicha bergan taklifimiz O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023- yil 14 - mart 03/25-619 - sonli maʼlumotnomasi). Natijada, inqirozga tayyorgarlik faoliyatini diagnoz qilish, inqirozni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, xodimlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish, inqirozga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish, muntazam ravishda monitoring qilish va baholash, aloqa va fikr-mulohazalar tizimini yo‘lga qo‘yish orqali to‘qimachilik sanoat korxonalarida boshqaruv samaradorligini 20 foizga oshirishga erishildi;
to‘qimachilik tarmog‘i korxonalarida inqirozga qarshi korporativ boshqaruvning ichki nizomi ishlab chiqish bo‘yicha bergan taklifimiz O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023- yil 14 - mart 03/25-619 - sonli maʼlumotnomasi). Natijada, mazkur nizom asosida korporativ boshqaruvni o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir bo‘limda inqirozli holatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan strategiyalar, taktikalar va qarorlarni qabul qilish ketma – ketligi, riskni to‘gri baholash va tahlil qilish, moliyaviy tahlilni amalga oshirish orqali krizisli holatlarni prognoz qilish imkoniyatini beruvchi algoritmlar ketma – ketligi amaliyotga joriy qilindi.
Korxonalarda inqirozga qarshi strategik qarorlarni qabul qilishda maxsus moliyaviy texnologiyalardan, jumladan Blokcheyn, Big Datadan foydalanish orqali korxonadagi holatlarni tizimli - tanqidiy tahlil qilgan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni oldindan aniqlash imkonini beradigan Fintexlarga asoslangan dasturiy taʼminot yaratish bo‘yicha bergan taklifimiz O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023- yil 14 - mart 03/25-619 - sonli maʼlumotnomasi). Natijada, korporativ tuzilmalarda inqirozga qarshi strategik qarorlar qabul qilishda maxsus moliyaviy texnologiyalardan foydalanish maʼlumotlarning shaffofligi va ishonchliligini, buxgalteriya hisobi va hisobotini optimallashtirish, aqlli shartnomalar, katta hajmdagi maʼlumotlar bazasini yaratish va boshqaruv qarorlarini samaradorligini tahlil, monitoring qilish orqali kelgusidagi yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarni yuqori aniqlik bilan prognoz qilib borish imkoniyatiga erishildi;
Korporativ tuzilmalarda Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti ISO standartlarining 22301:2019 “Biznesning uzlyuksizligini boshqarish tizimi”, ISO 27001:2013 Axborot xavfsizligini boshqarish tizimi, ISO 31000:2018 “Risklarni boshqarish – tamoyillar va yo‘riqnomalar”, ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi, ISO 31010:2009 “Risklarni boshqarish - risklarni baholash usullari”, ISO 22316:2015 "Tashkilotning barqarorligini aniqlash, tahlil qilish va baholash" yo‘nalishlari asosida korxonlarda inqirozli holatlarni boshqarishda “Rangli kod”li ogohlantirishlar tizimini yaratish bo‘yicha bergan taklifimiz O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023- yil 14 - mart 03/25-619 - sonli maʼlumotnomasi). Natijada, Korxonaning bankrotligini bashorat qilishda Biver, Altman, Lis, Taffler, Springeyt, Fulmer modellaridan foydalangan holda korxonalar inqirozga yuz tutishiga qarab uchta guruhga yaʼni, barqaror korxonalar (inqiroz xavfi past), o‘rta xavf (3-5 yil ichida inqirozga uchraydi) korxonalar, yuqori xavf (1 yil oralig‘ida inqirozga yuz tutadigan) korxonalarga ajratildi hamda antikrizisli menejment chora-tadbirlari yo‘nalishlari ishlab chiqildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish