Jamoliddinova Viloyatxon Jamoliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Topinambur navlari tuganaklarini saqlash va quritish texnologiyalarini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1153.
Ilmiy rahbar: Elmurodov Abdug‘ani Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdullaev Zokir Ikromjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vodiysi sharoitida topinambur navlari tuganaklarini maqbul saqlash usulini tanlash va quritish jarayonlarini takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati sharoitida saqlash va qayta ishlash uchun Mo‘jiza va Fayz-baraka navlari eng maqbul deb topilgan, kuzgi muddatlarda ekilgan topinambur bahorgi muddatga nisbatan 25-30% ga ko‘proq va yuqori sifatli hosil berishi aniqlangan;
topinambur tuganaklarini saqlash uchun optimal rejim -1+1°C haroratda 120 kungacha sifatli saqlash hamda tabiiy kamayish darajasining past bo‘lishi aniqlangan;
topinambur tuganaklarini quritishda konvektiv usul eng samarali usul  sifatida belgilandi, xususan, 60°C haroratda 4 soat davomida quritish orqali olingan mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlari yuqori darajada bo‘lishi isbotlangan;
quritilgan mahsulot sifatining dastlabki ishlov berish jarayonlariga bog‘liqligi, ya’ni kesish shaklini optimallashtirish natijasida qayta ishlangan mahsulot sifati 20% ga yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatida etishtirilgan topinambur navlarini saqlash va quritishni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“O‘zbekistonda topinambur urug‘chiligi va kundalik iste’molda foydalanish”, “Zarafshon vodiysi sharoitida topinambur navlari tuganaklarini saqlash, quritish va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish” nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 8-oktyabr № 05/06-04-474-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Samarqand viloyatida topinambur etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, quritish jarayonida faoliyat olib boradigan soha mutaxassislari uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi “Sulaymon jo‘ra bog‘lari” fermer xo‘jaligida 6 gektar,“Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” o‘quv tajriba xo‘jaligida 1 gektar maydonda etishtirgan 1 tonna topinambur xom ashyosini quritish jarayoniga nisbatan joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 8-oktyabr № 05/06-04-474-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi 154-175% tashkil etgan.
Samarqand viloyatining Tayloq tumanida joylashgan “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi” tomonidan 1 gektar maydonda, Bulung‘ur tumanida joylashgan “Sandvik” MChJda 1 tonna etishtirilgan topinamburni saqlash va quritish texnologiyalari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 oktyabr №05/06-04-474-son ma’lumotnomasi). Natijalarga ko‘ra, tavsiya etilgan texnologiya asosida quritish jarayonida topinambur navi quritilib 4 mln 215,3 ming so‘m sof foyda olingan va rentabellik 172 -180 %ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish