Ro‘zibaev Dilshod Ro‘zimetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasini xirurgik davlosha usulini takomillashtirish» 14.00.21 - Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3609.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxammadjon Ismoilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubini perforasiyalarini bartaraf qilishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasi plastikasida PRF va S1  qo‘llanilmagan birinchi guruhida, operatsiyadan so‘ng 10-kunda S-reaktiv oqsil ko‘rsatkichi 1,27±1,35mg/lga o‘zgarganligi va yuqori jag‘ alveolyar o‘sig‘ini balandligi 49,5±0,31% ga pasayishi aniqlangan;
PRF va S1 usullari qo‘llanilmagan birinchi guruhi bemorlarida operatsiyadan 6 oydan so‘ng, Hounsfield shkalasi bo‘yicha yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi suyak sohasi densitometriya o‘rtacha ko‘rsatkichi 578,23±13,46HUligi  va dental implant o‘rnatish uchun qo‘shimcha alveoloplastika amaliyotini bajarish zarurligi aniqlangan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasini PRF membranasi yordamida plastika qilish natijasida, yuqori jag‘ alveolyar o‘sig‘ini balandligi 87,2±2,63% darajada saqlanib qolganligi aniqlangan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasi  PRF+S1 yordamida plastika usuli, alveolaplastika amaliyotini bajarmasdan dental implantatsiya amalga oshirish imkoniyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarda tashxislash, davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 04/01-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish to‘g‘risidagi xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasi plastikasida PRF va S1  qo‘llanilmagan birinchi guruhida, operatsiyadan so‘ng 10-kunda S-reaktiv oqsil ko‘rsatkichi 1,27±1,35mg/lga o‘zgarganligi va yuqori jag‘ alveolyar o‘sig‘ini balandligi 49,5±0,31% ga pasayishi aniqlangan. Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforasiyaci bilan og‘rigan bemorlarda PRF yordamida bartaraf etish jarrohlik usullari yordamida davolash samaradorligini oshirish maqsadida «Yuqori jagʻ boʻshligʻi tubi perforasiyasini PRF yordamida bartaraf qilish algoritmi va fibrin mebranasini klinik ta’siri» nomli uslubiy tavsiyanoma Toshkent shaxri 7-son shaxar shifoxonasi 30.10.2023 yildagi 108-son buyrug‘i, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2023 yildagi 111-T son buyrug‘i, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 14.11.2023 yildagi 136-son buyrug‘i yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan va tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 21.10.2023 yildagi 10-23/134-t con buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Tadqiqot natijalari yordamida fibrin membranalarini stomatologiya amaliyotida ambulator sharoitda tayyorlash algoritmini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha=53,4% ni tashkil qildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: PRF va S1 usullari qo‘llanilmagan birinchi guruhi bemorlarida operatsiyadan 6 oydan so‘ng, Hounsfield shkalasi bo‘yicha yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi suyak sohasi densitometriya o‘rtacha ko‘rsatkichi 578,23±13,46HUligi  va dental implant o‘rnatish uchun qo‘shimcha alveoloplastika amaliyotini bajarish zarurligi aniqlangan. Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforasiyaci bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash samaradorligini oshirish maqsadida «Yuqori jagʻ boʻshligʻi tubi perforasiyasi diagnostikasini takomillashtirish usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi nomli uslubiy tavsiyanoma Toshkent shaxri 7-son shaxar shifoxonasi 30.10.2023 yildagi 108-son buyrug‘i, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2023 yildagi 111-T son buyrug‘i, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 14.11.2023 yildagi 136-son buyrug‘i yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan va tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 21-oktyabrdagi 10-23/135-t-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforasiyaci bilan og‘rigan bemorlarda kasallikni aniqlash, tashxislash, davolash va oldini olish samaradorligini 48%ga oshirdi. PRF va S1 usullari qo‘llanilmagan birinchi guruhi bemorlarida operatsiyadan 6 oydan so‘ng, Hounsfield shkalasi bo‘yicha yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi suyak sohasi densitometriya o‘rtacha ko‘rsatkichi 578,23±13,46HUligi  va dental implant o‘rnatish uchun qo‘shimcha alveoloplastika amaliyotini bajarish (n=52)zarurligi aniqlanib, har bir bemor uchun o‘rtacha 18,34 mln.so‘m iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasini PRF membranasi yordamida plastika qilish natijasida, yuqori jag‘ alveolyar o‘sig‘ini balandligi 87,2±2,63% darajada saqlanib qolganligi aniqlangan. Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforasiyaci bilan og‘rigan bemorlarda PRF yordamida bartaraf etish jarrohlik usullari yordamida davolash samaradorligini oshirish maqsadida «Yuqori jagʻ boʻshligʻi tubi perforasiyasini PRF yordamida bartaraf qilish algoritmi va fibrin mebranasini klinik ta’siri» nomli uslubiy tavsiyanoma Toshkent shaxri 7-son shaxar shifoxonasi 30.10.2023 yildagi 108-son buyrug‘i, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2023 yildagi 111-T son buyrug‘i, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 14.11.2023 yildagi 136-son buyrug‘i yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan va tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 21.10.2023 yildagi 10-23/134-t con buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Yuqori jag‘ alveolyar o‘sig‘ini balandligi 87,2±2,63% darajada PRF (n=17) va PRF+S1 (n=14) ishlatilgan bemorlarda saqlanib qolganligi aniqlangan va ushbu bemorlarni ambulator sharoitda davolash imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, har bir bemorni operatsion harajatlari 48,32±1,75% kamaygan va  iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha 13,94 mln tashkil qilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasi  PRF+S1 yordamida plastika usuli, alveolaplastika amaliyotini bajarmasdan dental implantatsiya amalga oshirish imkoniyati isbotlangan. Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforasiyaci bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash samaradorligini oshirish maqsadida «Yuqori jagʻ boʻshligʻi tubi perforasiyasi diagnostikasini takomillashtirish usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi nomli uslubiy tavsiyanoma Toshkent shaxri 7-son shaxar shifoxonasi 30.10.2023 yildagi 108-son buyrug‘i, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2023 yildagi 111-T son buyrug‘i, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 14.11.2023 yildagi 136-son buyrug‘i yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan va tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 21-oktyabrdagi 10-23/135-t-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tubi perforatsiyasi  PRF+S1 yordamida plastika usuli (n=14), alveolaplastika amaliyotini bajarmasdan dental implantatsiyasi qisqa 4,01±0,52oy muddat ichida amalga oshirish imkoniyati yaratilgan va har bir xolat uchun 9,43 mln. iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish