Xolboev Zokirjon Xodievichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini gruntning suvga to‘yinganligini hisobga olgan holda baholash” 01.02.04–“Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4354
Ilmiy rahbar: Matkarimov Paxridin Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya institutihuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.66.06-raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov To‘lqin Mavlanovich, texnika fanlari doktori, professor, Mahmudov Zokirjon Sotiboldievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish va dinamik holatlarini gruntning dissipativ xususiyatlari, namlanganligi, konstruktiv bir jinsli bo‘lmaganligi, real geometriyasi va suv omborining suvga to‘ldirilganlik darajasini hisobga oluvchi matematik modelini, hisoblash usuli, algoritmi va EHM dasturlarini ishlab chiqish, ular yordamida qurilgan gruntli to‘g‘onlarning zilzila ta’sirida hamda ekspluatatsiya jarayonida katta deformatsiyalanadigan, eng zaiflashgan zonalarini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir jinsli bo‘lmagan gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish va dinamik holatini xususiy og‘irlik, gidrostatik bosim, gruntning suvga to‘yinganligi, ichki ishqalanish koeffisienti va turli kinematik ta’sirlardagi gruntning fizik-chiziqsiz-elastik deformatsiyalanishini hisobga olgan holda baholashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
turli balandlikka va konstruktiv echimlarga ega bo‘lgan bir jinsli bo‘lmagan uchta to‘g‘onning statik, dinamik va seysmik ta’sirlardagi kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlari hamda ularning dinamik xarakteristikalari ishlab chiqilgan matematik model  asosida aniqlangan;
to‘g‘on asosining cho‘kishga moyilligini hisobga oluvchi, yon sirtlari sirpanuvchan “inshoot-asos” hisobiy modeli taklif qilingan va gruntli to‘g‘onning kuchlanganlik-deformatsiyalanish va dinamik holatiga asosning cho‘kishga moyilligi ta’siri aniqlangan;
tadqiq qilingan gruntli to‘g‘onlar uchun inshootlarning dinamik xarakteristikalarini hisobga oluvchi Kelvin-Foygt modelini qo‘llagan holda gruntdagi ichki ishqalanish koeffisientini aniqlash va hisobga olish uslubi taklif qilingan;
to‘g‘onlarning konstruktiv xususiyatlari, haqiqiy geometrik o‘lchamlari, gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari hamda suvning gidrostatik bosimini hisobga olgan holda har bir gruntli to‘g‘on uchun hisob ishlarini bajarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik holatlari va dinamik tavsiflarini gruntning suvga to‘yinganligini hisobga olgan holda baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlarini baholashning hisoblash usuli Namangan viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 28-iyundagi 02/14-2364-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavjud gruntli to‘g‘onlarni ekspluatatsiya qilish davrida hamda kelgusida quriladigan gruntli inshootlarni loyihalashda ularning mustahkamligi va ishonchliligini baholash imkoniyati yaratilgan;
gruntli inshootlarning statik va dinamik  ta’sirlardagi kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini baholash uchun tuzilgan EHM dasturlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Suv loyiha” MChJ Namangan filialida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 28-iyundagi 02/14-2364-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlarini baholash imkoniyati yaratilgan;
gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini gruntni suvga to‘yinganligini hisobga olgan holda baholash bo‘yicha olingan natijalar Namangan muhandislik-qurilish institutida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 28-iyundagi 02/14-2364-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gruntli to‘g‘onlarni loyihalash jarayonida eng zaiflashgan zonalarini aniqlash va mustahkamligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish