AminjonovSherzodMirabosovich

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hayvonlarning asosiy sestodozlari va ularga qarshi immunoprofilaktika tadbirlarini ishlab chiqish», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/V2.

Ilmiy maslahatchi: Matchanov Nazar Matkarimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.30.08.2018.V.12.01.

Rasmiy opponentlar: G‘afurov Aktam G‘afurovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Nosirov Farhod Shodievich, tibbiyot fanlari doktori; Mavlonov Sobirjon Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya qo‘mitasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida asosiy sestodozlarning epizootologiyasini aniqlash, erta tashxis qo‘yish, sog‘lomlashtirish, gijjasizlantirish va immunoprofilaktikaga asoslangan tadbirlarni ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekiston sharoitidagi qo‘ylar va itlarda asosiy sestodozlar epizootologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni tabiiy sharoitlarda invaziyaning saqlanishi va tarqalishida it-qo‘y-it tizimining zarur epizootologik va epidemiologik ahamiyati asoslangan;

oraliq hamda definitiv xo‘jayinlarda asosiy sestodozlarning morfologiyasi, tarqalishi, mavsumiy hamda itlarning xizmat faoliyati, yoshi va jinsiga bog‘liq dinamikasi asoslangan;

Echinococcus granulosusning itlar organizmida rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosida uning biologiyasi ilmiy asoslangan;

qo‘ylarda exinokokkoz kasalligining morfologik, klinik, patologoanatomik, gel`mintolarvoskopik, gematologik va biokimyoviy tashxis mezonlari ishlab chiqilgan;

qo‘y va itlarda asosiy sestodozlarning maxsus sog‘lomlashtirish tadbirlari majmui ishlab chiqilgan;

itlar exinokokkoziga qarshi vodorod bromidli arekolin, shuningdek, febendazol, fenasal, bitionol, febantel, mebendazol va disallanning turli konsentratsiyadagi eritmalari, sestan, Brovanol-D, Brovanol-M, Brovanol plyus antigel`mintiklari samaradorligi asoslangan;

qo‘ylar exinokokkozining immunoprofilaktika tadbirlari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Hayvonlarning asosiy sestodozlari va ularga qarshi immunoprofilaktika tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

«Itlardagi mul`tiseptoz kasalligini profilaktikasi uchun vaksina» ishlanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04504, 2012 y.). Buning natijasida itlarda mul`tiseptozga qarshi vaksinani qo‘llash orqali 90 foiz samaradorlikka erishish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan vaksina Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida “Pachkamar” naslchilik xo‘jaligida 348 bosh, “G‘uzor” naslchilik xo‘jaligida 452 bosh va Nishon tumanida  “Nishon” naslchilik xo‘jaligida 651 bosh qo‘ylarda exinokokkoz va mul`tiseptoz kasalliklarini oldini olish jarayoniga joriy etilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2016 yil 23 noyabrdagi 48/4-1734-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur vaksina qo‘llanilishi orqali exinokokkoz va mul`tiseptozning oldini olishdagi samaradorlik ko‘rsatkichi 89,7 foizni tashkil etgan;

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor va Nishon tumanlarining naslchilik xo‘jaliklarida qo‘y va itlarning exinokokkoz va mul`tiseptoz kasalliklariga qarshi maxsus immunoprofilaktika tadbirlari jarayoniga joriy etilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2016 yil 23 noyabrdagi 48/4-1734-son ma’lumotnomasi). Ushbu maxsus immunoprofilaktika tadbirlarini o‘tkazilishi natijasida 80,0-93,3 foiz samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish