Juraev Bobomurod Xudaynazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.10.01 — “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” ixtisosligidagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish usullarini takomillashtirish” dissertatsiya mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi byulletenida B2023.3.PhD/T4037 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori (DSc) professor, Nurmamatova Rahima Rahmanovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponenetlar: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti kafedra professori, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent Yo‘ldosheva Ozoda Muhammadsodiq qizi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra professori, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Xujanov Choriyor Ro‘zievich.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi sohasida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish usullarining matematik tahlili, mehnat muhofazasida boshqarish tizimini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
mehnat muhofazasini boshqarishda muammolar mavjudligi aniqlangan va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat sharoitlari va xavfsizligi tahlil qilingan hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar, mehnat sharoitlari va xavfsizlikni ta’minlashni tashkil etishning iqtisodiy modeli ishlab chiqilgan;
mehnat muhofazasining holati va rivojlanish yo‘nalishlari baholangan, kasbiy xavflarni tizimli tahlil asosida boshqarish va ularni matematik modellashtirish orqali hisoblash usullari, shaxsiy himoya vositalarining zamonaviy ko‘rinishdagi namunalari tavsiya etilgan;
mineral o‘g‘itlar va pestisidlardan foydalanish vaqtida o‘zgaruvchan mehnat sharoitlarining ta’siri miqdoriy va maxsus himoya kiyimida jihozlangan shaxsning ishlash ko‘rsatkichlariga ta’siri sifat jihatidan baholangan hamda mehnatni muhofaza qilishga rioya etish bo‘yicha taktik harakatlar tizimli ravishda ishlab chiqilgan.
mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini baholashda to‘rtta modelni (kirish, chiqish, chegaralar va tashqi muhit) birlashtirgan “qora quti” modelidan foydalanish evaziga, murakkab mexanizmlar oddiy diagrammalar ko‘rinishida tavsiflangan, tartibga solish va samarali boshqaruv usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi sohasida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish usullarini takomillashtirish tadqiqotlari asosida:
qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish usullari takomillashtirilgan, mehnat muhofazasini boshqarish tizimi baholangan, tadqiqot tajribalari Qashqadaryo viloyati Nishon tumani “NIShAN ChIKEN’S” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2024-yil 1-maydagi 04/723-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnatni muhofaza qilishni boshqaruv tizimi va mehnat muhofazasi xizmatlari tashkil etilgan;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xavflar matematik modellashtirilgani natijasida jarohatlanish va kasb kasalliklarining kamayishi hisobga olingan, ilmiy asoslangan qoidalar va vositalar Qarshi tumani “Qarshi agroklaster” MChJda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2024-yil 1-maydagi 04/723-son ma’lumotnomasi). Natijada, sohada kasb kasalliklari va jarohatlanishlarning oldi olingan va xavflarni kamaytirish modellari ishlab chiqilgan;
mehnat xavfsizligi talablariga to‘liq mosligini ta’minlash va shaxsiy himoya vositalarini joriy etish orqali mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchi-xodimlar shikastlanishi hamda zararlanish holatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan va Qarshi shahar “SANAM” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2024-yil 1-maydagi 04/723-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan xavfsizlik qoidalari va himoya vositalari mehnat muhofazasi talablariga to‘liq mosligi ta’minlangan, ishchi-xodimlarning shikastlanishlarining oldini olinib, jarohatlanishlar ehtimolini 28-34% gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan.