Murtazaev Eshmurod Mustafaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi”, 05.09.01– “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”ixtisosliklari tutashligida“Qurilish konstruksiyalarini tashqi omillar ta’siridan himoya qilishning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish” dissertatsiya mavzusi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi byulletenida B2024.1.DSc/T767 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Ilmiy maslahatchilar: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra professori, texnika fanlari doktori (DSc), professor Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, Toshkent kimyo-texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti,texnologiya bo‘limi mudiri,texnika fanlari doktori, professor Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich
Dissertasiya bajarilgan tashkilot nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti rektori,texnika fanlari doktori, professor Madjidov Inomjon Urishovich, Toshkent shaharidagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori,texnika fanlari doktori, professor Baxodirov Azizbek Abdulazizovich va MISiSning Olmaliq shahridagi filialidirektor o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Nasirov O‘tkir Farxodovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qurilish konstruksiyalarini tashqi omillar ta’sirida kelib chiqadigan favqulodda holatlardan himoya qilishning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
mahalliy xom ashyolar asosidagi to‘ldiruvchilar, korroziya ingibitorlari va polimer bog‘lovchilardan tashkil topgan issiqlik va korroziyadan himoyalovchi polimep kompozit materiallarni bino hamda inshootlar konstruksiyalarga qo‘llashning maqbul sharoitlari aniqlangan hamda fizik-mexanik xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslangan;
issiqlik va korroziyadan himoyalovchi polimerlar kompozit materiallarning boshlang‘ich qalinligi L0 = 0,2÷0,3 mm, alanga harorati tf = 850÷900 oS va metall tarkibli materialning qalinligi Ltr = 3 mm bo‘lganda, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti hamda faol komponentlar ulushining vaqtga bog‘liqligi aniqlangan;
konstruksiyadagi shikastlanish mavjudligini aniqlashda nuqsonlarning rivojlanish darajasi bo‘yicha gradatsiyaga asoslangan inshootning turli texnik usullarini baholash, barcha ko‘rib chiqilgan usullarni bir vaqtda qo‘llash va inshootning texnik holatini barvaqt aniqlash mexanizmi ishlab chiqilgan;
qurilish inshootlarni asosini tashkil etuvchi ferma tugunlarga ta’sir ko‘rsatadigan yuklarni hisoblash algoritmi, binoni modellashtirish, polimer kompozit materiallarni termomexanik tahlil uchun olingan namunaning yuzasi 179 mk m2ga teng bo‘lganda namuna 0.14 M N/m2 og‘irlik kuchi tasir ettirilganda harorat 0 oC dan 350 oC oralig‘ida, deformatsiya kuchi 0–395 mm da inversiyasini eng yurori ko‘rsatkichi aniqlangan;
taklif etilgan polimer kompozit materiallarni tashqi ta’sirlar natijasida metall konstruksiyalarini St3 markali metall namunasida korroziyalanish darajasi 22-25 oC haroratda 72 sutka davomida korroziya tezligi 0,01 g/cm2, himoya darajasini 98,5% gacha yaxshilash mumkinligi asoslangan;
bino va inshootlarda qo‘llaniladigan metall konstruksiyalarni himoyalovchi polimer kompozit materiallarni quruq massasi 60,5-63,0% ni tashkil etishi, kompozitni qotish vaqti +60 oC haroratda 6-soatni, +21 oC haroratda esa 24-soatni tashkil qilishi, himoyalovchi polimer kompozitning adgeziyasi 1-ballga teng ekanligi aniqlangashga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish konstruksiyalarini tashqi omillar ta’siridan himoya qilishning nazariy va eksperimental asoslarini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft va gaz sohasida metall konstruksiyalarni issiqlik va korroziyadan himoyalashda qo‘llaniladigan issiqlik va korroziyadan himoyalovchi polimer kompozit materiallar ishlab chiqilib, Muborak gazni qayta ishlash zavodida joriy etilgan (“Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining 2024-yil 28-noyabrdagi 201-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p tonnali mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurstejamkop va ekologik xavfsiz metall konstruksiyalarda himoya vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beruvchi metall va temir-beton konstruksiyalapining St3 mapkali namunasidan foydalanish tavsiya etilgan;
qurilish inshootlarning asosini tashkil etuvchi ferma tugunlarga ta’sir ko‘rsatadigan yuklarni hisoblash algoritmi va binoni modellashtirish asoslari Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida joriy etilgan (Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining 2024-yil 28-noyabrdagi 001/2128-sonli ma’lumotnomasi); Natijada, ishlab chiqarish japayonida korroziyadan himoyalovchi polimer kompozit materiallar metall konstruksiyalarni issiqlik va korroziyadan yuqori darajada himoyalash imkoniyatini bergan;
qurilish konstruksiyalarini tashqi omillar issiqlik va korroziyadan himoyalovchi polimer kompozit materiallari bino-inshootlarni metall konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash maqsadida, Toshkent shahridagi “AL’FA-SERVIS” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“AL’FA-SERVIS” MChJ korxonasidaning “2024-yil 28-noyabrdagi 101\24-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall va temir-beton konstruksiyalapini St3 mapkali metall namunasida korroziyalanish darajasi 22-25 oS haroratda 72 sutka davomida korroziya tezligi 0,01 g/cm2 va himoya darajasini 98,5% gacha yaxshilanishi, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti hamda faol komponentlar ulushining vaqtga bog‘liqligi aniqlangan.