Axmedov Umidjon Namazovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nuqsonli pillalarni kelib chiqish sabablari va ularni kamaytirish choralari», 06.02.04–Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Qx114.

Ilmiy rahbar: Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.30.08.2018.Qx.13.02.

Rasmiy opponentlar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boboqulov Nasirullo Asadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: nuqsonli pillalarni hosil bo‘lish sabablari, ularning asosiy turlar va miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda pillalar navdorligini oshirishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor etishtirilgan pilla xom ashyosi tarkibidagi xom-etilmagan, qo‘shaloq, atlasli, dog‘li, kar va qorapachoq nuqsonli pillalarning kelib chiqishiga, havo almashinishi, harorat, nisbiy namlikni ta’siri aniqlangan va ularni kamaytirishning samarali usullari ishlab chiqilgan;

pillaning sifat ko‘rsatkichlariga yorug‘lik koeffisienti, ozuqa miqdori va oziqalanish maydoni kabi paratipik omillar ta’siri asoslangan;

qurtxona havosini elektroventilyator yordamida to‘liq almashtirishni pilla hosili, navli va nuqsonli pillalar ulushiga ta’siri aniqlangan;

ipak qurtini parvarishlash va pilla o‘rash jarayonida o‘zgaruvchan havo harorati hamda sun’iy yoki tabiiy dasta turlaridan foydalanish va nuqsonli pillalar hosil bo‘lishi o‘rtasida bog‘liqlik  asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Nuqsonli pillalarning asosiy turlari va ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

fermer xo‘jaliklarida pilla etishtirish va uning sifatini oshirish bo‘yicha «Nuqsonli pillalarni kelib chiqish sabablari va ularni kamaytirish choralari» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 02/028-289-son ma’lumotnomasi). Natijada 15 quti parvarishlangan ipak qurtining 1-qutisidan 7,7 kg qo‘shimcha pilla etishtirilgan va iqtisodiy samaradorlik (1-quti hisobida) 75600 so‘mni tashkil etgan;

tut ipak qurti pillalari nuqsonlarini bartaraf etishning takomillashtirilgan texnologiyasi Farg‘ona viloyati, Vodil «Pilla» mas’uliyati cheklangan jamiyatida «Ipakchi 1 x Ipakchi 2» duragayini parvarishlash jarayonida 15 quti miqdorida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 02/028-289-son ma’lumotnomasi). Natijada etishtirilgan pillalarning navdorligini 9,0 foizga oshishiga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 85248 so‘mni tashkil etgan;

tut ipak qurtining «Ipakchi 1 x Ipakchi 2» sanoat duragayini inkubatsiya qilish va qurtlarni parvarishlash jarayonida tut ipak qurti pillalari nuqsonlarini bartaraf etishning takomillashtirilgan texnologiyasi Samarqand viloyatining Oqdaryo «Pilla» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 10 quti miqdorida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 02/028-289-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qiyoslovchi usulga nisbatan 8,3 kg qo‘shimcha pilla hosili olinib, iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 93000 so‘mga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish