Xudoyberdieva Dilafruz Boykulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Strukturasiga metil hamda galoid elementlari kiritilgan suyuq muhit atom va molekulalarining lazer nurlanishi ta’siridagi tebranma-aylanma harakat spektroskopiyasi”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM723
Ilmiy rahbar: Otajonov Shavkat, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand  davlat  universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Azamatov Zokirjon Taxirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Murodov G‘ulomxon, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Strukturasiga metil va galoid elementlari kiritilgan suyuq muhitlar tarkibidagi atom va molekulalarning lazer nurlanishi ta’siridagi tebranma va aylanma harakat qonuniyatlarini spektroskopik usullar bilan tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lazer nurlanishi ta’sirida molekulaning erkinlik darajalari bo‘yicha aylanma harakatidan hosil bo‘ladigan yorug‘likning molekulyar sochilish spektrini natijalovchi spektrga ulushini aniqlash usuli ishlab chiqilib, uning asosida relaksatsion jarayonlarning asosiy fizik parametrlari aniqlangan va molekulaning tormozlanib harakatlanish nazariyasi asosida tushuntirilgan;
ilk bor xlorbenzol, brombenzol va o-dibrombenzol  molekulalarining C-H valent tebranishlari bilan bog‘liq KS spektral chizig‘i benzol halqasida o‘rin almashgan galoid guruhidagi atomlarning rezonans ta’siri tufayli yuqori chastota tomonga siljishi aniqlangan;
ilk bor anilin molekulasining C-H valent tebranishlari bilan bog‘liq KS spektral chizig‘i benzol halqasida o‘rin almashgan amin NH2 guruhining konjugasiya ta’siri sababli quyi chastotalar tomon siljishi aniqlangan;
ilk bor benzol hosilalari molekulasi strukturasidagi C-H bog‘larining tekislikdagi deformatsion tebranishlari amplitudasi o‘rin almashgan atomlar elektromanfiyligiga sezgirligi aniqlangan;
ilk bor murakkab strukturaga ega bo‘lgan molekulalar tarkibidagi atomlar guruhining aylanma-chayqalma harakati natijasida quyi chastotalarda ham kuchli intensivlikka ega bo‘lgan KS spektrlarini namoyon bo‘lishi tajribada aniqlangan. Bu esa nafaqat fundamental balki amaliy ahamiyatga ham ega bo‘lib, alohida atomlarning tebranishidan hosil bo‘ladigan majburiy kombinatsion sochilish effektini ham tadqiq qilishni ochib berishishi bilan birga termodinamik kattaliklarni aniqlash hatto makromolekulalarning molyar massasini hisoblash imkoniyatini berishi mumkinligi ko‘rsatilgan;
metil guruhiga kiruvchi engil atomli molekulalarning aylanma-chayqalma harakatidan hosil bo‘ladigan spektrlarning chastotalari, galoid guruhiga kiruvchi og‘ir atomli molekulalarning harakatiga nisbatan keskin farq qilishi aniqlangan. Bu esa molekulalarning inersiya momenti qiymatlariga bog‘liq ekanligi bilan tushuntirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot obekti sifatida tanlangan metil va galoid guruhlari tarkibiga kiruvchi organik moddalardagi molekulalararo ta’sirlashuv qonuniyatlarini tadqiq qilishga asoslangan ilmiy natijalar quyidagi halqaro ilmiy,  fundamental loyihalarda va fan tarmog‘ida joriy etildi:
lazer nurlanish ta’sirida quyi chastotalar oralig‘ida namoyon bo‘ladigan molekulalarning tebranma-aylanma harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan energiya kattaligini yorug‘likning kombinasion sochilish spektri yordamida hisoblash usulidan REP-04032022-206 raqamli “Optoelektron tarmoqlarda optik garmonika paydo bo‘lishi va soliton tarqalishi jarayonlarini boshqarish” (2022-2024 yy.) mavzusidagi halqaro ilmiy loyihada muhitlarda ikkinchi va undan yuqori garmonikalarni hosil bo‘lish qonuniyatlarini tahlil qilishda hamda solitonlar tarqalayotgan muhitning termodinamik parametrlarini aniqlashda foydalanilgan. (Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5 fevraldagi №01/260-sonli ma’lumotnomasi);
molekulalarning energetik sathlardagi faollashuv energiyasini noemperik usul bilan aniqlash hamda kvant-kimyoviy hisoblashlarga asoslangan molekulaning fazoviy strukturasini modellashtirish usullari FZ-20200929385 raqamli “Biologik obektlarning nanoo‘lchamli molekulyar klasterlarini o‘rganish va tatbiq qilishning spektroskopik hamda noemperik tahlil usullarini ishlab chiqish” (2022-2027 yy.) mavzusidagi davlat ilmiy – texnika dasturidagi fundamental loyihada molekulyar komplekslarning hosil bo‘lish mexanizmlarini hamda termodinamik barqarorligini aniqlashda qo‘llanilgan. (Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024 yil 15 maydagi №10-2255-sonli ma’lumotnomasi);
 katta hajmda bayon qilingan nazariy va eksperimental natijalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti Fotonika kafedrasidagi 70530901-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Lazer nurlanishlarning muhitlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi”, maxsus kursining ishchi o‘quv dasturiga singdirilgan bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida foydalanilmoqda. Bular jumlasiga molekulalarning erkinlik darajalari bo’yicha tormozlanib harakatlanish nazariyasi, bugungi kungacha deyarli o’rganilmagan molekulalarning aylanma-chayqalma harakatiga tegishli qonuniyatlar o’quv mashg‘ulotlarini zamonaviy optik qurilmalarda olingan natijalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 21 maydagi №04/11-4441-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish