Abduraxmanov Baxromjon Abdukaxxarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniyda kirishma atomlarning klasterini shakllantirishning fizik va texnologik asosi», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T845.

Ilmiy rahbar: Bahodirxonov Muhammad Kabir, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.28.02.2018.FM/T.03.05.

Rasmiy opponentlar: Kasimaxunova Anoraxon Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor; Tagaev Marat Baymuratovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti. 

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kremniy kristall panjarasida kirishma atomlarning fizik tabiatiga bog‘liq ravishda klasterlarni o‘zini o‘zi tashkil qilish orqali shakllanishini aniqlashdan iborat. 

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kremniy materialining fundamental parametrlarini boshqarish imkonini beruvchi kirishma atomlarning tabiatiga bog‘liq ravishda klasterlarni shakllantirishning texnologiyasi ishlab chiqilgan va uning asosida kerakli elektrofizik parametrga ega bo‘lgan kremniy olingan;

kremniyda kirishma atomlari nanoklasterlarining konsentratsiyasini boshqarish hisobiga tashqi ta’sirlarga nisbatan sezgirligini oshirish usuli asoslangan va uning asosida sezgirligi yuqori bo‘lgan yangi turdagi yarimo‘tkazgichli datchik yaratilgan;

kremniy materialida nikel klasterlarini hosil qilish sharoiti aniqlangan;

bir nechta Shottki mikroto‘siqlar ketma-ketligidan tashkil topgan yangi turdagi diodlar yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kremniy kristall panjarasida shakllantirilgan klasterlarni materialning fundamental xossalariga ta’sirlarini aniqlash asosida:

kremniy kristall panjarasida kirishma atomlarning tabiatiga bog‘liq ravishda hajm bo‘yicha teng taqsimlangan klasterlarni shakllantirish texnologiyasi «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida stukturasi boshqariladigan nanostrukturali kremniyni olishda qo‘llanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 25 avgustdagi 02-1879-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Shottki mikroto‘siqlar ketma-ketligidan tashkil topgan diodlarni ishlab chiqish imkonini bergan;

kremniy panjarasida kirishma atomlarni tabiatiga bog‘liq holda o‘z o‘zini tashkil qilgan klaster shakllanishi «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida kirishmalarni yarimo‘tkazgich materiallariga diffuziya qilish sharoitlarini oldindan tanlab olishda qo‘llanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 25 avgustdagi 02-1879-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi diffuziya jarayoniga ketadigan vaqt va sarflanadigan elektr energiyaning kamayishiga hamda olinayotgan materialning parametrlarini barqarorligini ta’minlash imkonini bergan;

marganes klasteri mavjud bo‘lgan kremniy asosida haroratning optik datchigi «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida infraqizil nurni sezuvchi materiallarni olishda qo‘llanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 25 avgustdagi 02-1879-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yuqori haroratni o‘lchash uchun mo‘ljallangan kremniy asosidagi optik datchigni ishlab chiqarishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish