Nurmatov Nurhayot Nurziyot o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pedagoglarda frustratsion tolerantlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligida (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1044.
Ilmiy rahbar: Ismoilova Nurjahon Zuhriddinovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IKraqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Axror Evatovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxaro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagoglarda frustratsion tolerantlikning namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni o‘rganish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:pedagoglarda frustratsion tolerantlikning ta’lim tashkilotlari kesimida ifodalanishiga muvofiq, mehnat jarayonida yuzaga keladigan turli kutilmagan salbiy voqea-hodisalardan tezda tashvishlanish, o‘zini o‘zi tanqid qilish, o‘z xatti-harakatlarining oqibatlaridan afsuslanish, belgilangan maqsadga erisha olmaganlikdan qoniqmaslik holatlari umumta’lim maktablari o‘qituvchilarida yuqori darajada bo‘lishi natijasida oliy ta’lim muassasalari pedagoglarida frustratsiyaga bardoshlilik sifatlari ko‘proq rivojlanganligi isbotlangan;
frustratsion tolerantlik psixologik stress va koping xulq-atvor indikatorlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, kasbiy faoliyat davomida paydo bo‘ladigan to‘siqli vaziyatlarda o‘z hissiyotlarini boshqara olish, muammoni bartaraf etish imkoniyatlarini tahlil qilishning faol ifodalanishi orqali pedagoglarda umidsiz kayfiyatning yuzaga kelmasligida emotsional barqarorlik sifati, «muammoni hal etish» strategiyasi yetakchi o‘rin tutishi dalillangan;
shaxs xususiyatlari va nizoli vaziyatlarga moyillik komponentlarining frustratsion tolerantlikka ta’siri natijasida, nevrotizim holatlari, hissiyotlar beqarorligining to‘siqli vaziyatlarga bardoshlilik sifatlariga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli pedagoglarda frustratsiyaga barqaror munosabatda bo‘lishning «depressivlik», «reaktiv tajovuzkorlik», «emotsional labillik» bilan teskari proporsional rivojlanishi, mojaroli va murakkab vaziyatlarda o‘zga shaxslarga ijobiy munosabatning tarkib topishi orqali «hamkorlik», «murosalilik» komponentlari bilan esa ustuvor bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi asoslanilgan;
pedagoglarda frustratsion tolerantlikni rivojlantirishning psixokorreksion imkoniyatlariga muvofiq, ziddiyatli va muammoli holatlarda o‘zga shaxslarning qarashlarini hurmat qilmaslik, bahs-munozaradan qaytmaslik, murosa yo‘lini izlamaslik, masalani ijobiy hal qilishga intilmaslikning ustun kelishiga ko‘ra koping indikatorlaridan «muammodan qochish» strategiyasi va nizoli xulq-atvor shakllaridan «raqobat» xulqining bartaraf etilishi orqali pedagoglarda frustratsion tolerantlikning kuchaytirilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Pedagoglarda frustratsion tolerantlik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
frustratsion tolerantlik psixologik stress va koping xulq-atvor indikatorlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, kasbiy faoliyat davomida paydo bo‘ladigan to‘siqli vaziyatlarda o‘z hissiyotlarini boshqara olish, muammoni bartaraf etish imkoniyatlarini tahlil qilishning faol ifodalanishi orqali pedagoglarda umidsiz kayfiyatning yuzaga kelmasligida emotsional barqarorlik sifati, «muammoni hal etish» strategiyasi yetakchi o‘rin tutishiga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-266-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-266a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari pedagoglarida frustratsion tolerantlik namoyon bo‘lishining tafovutli jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
shaxs xususiyatlarining frustratsion tolerantlikka ta’siri natijasida, nevrotizim holatlari, kayfiyatning keskin tushishiga moyillik, hissiyotlar beqarorligi namoyon bo‘lishining to‘siqli vaziyatlarga bardoshlilik sifatlariga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli pedagoglarda frustratsiyaga barqaror munosabatda bo‘lishning «depressivlik», «reaktiv tajovuzkorlik», «emotsional labillik» bilan teskari proporsional rivojlanishini asoslashga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-266-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-266a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagog shaxsida psixologik stress va koping strategiyalarining frustratsion tolerantlik namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqligi ochib berilgan.
kasbiy faoliyatda pedagoglardagi frustratsion tolerantlikning shaxsning nizoli vaziyatlarga moyillik xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, mojaroli va murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish, o‘zga shaxslar fikr-mulohazalarini tahlil qilish, boshqalarga ijobiy munosabatda bo‘lishga harakat qilishning tarkib topishi orqali frustratsion tolerantlik «hamkorlik», «murosalilik» komponentlari bilan ustuvor bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-266-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-266a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarda frustratsion tolerantlikning shaxs xususiyatlari va nizoli vaziyatlarga moyillik darajasi bilan aloqadorlik jihatlarini asoslash imkoniyati yaratilgan.
pedagoglarda frustratsion tolerantlikni rivojlantirishning psixokorreksion imkoniyatlariga muvofiq, ziddiyatli va muammoli holatlarda o‘zga shaxslarning qarashlarini hurmat qilmaslik, bahs-munozaradan qaytmaslik, murosa yo‘lini izlamaslik, masalani ijobiy hal qilishga intilmaslikning ustun kelishiga ko‘ra koping indikatorlaridan «muammodan qochish» strategiyasi va nizoli xulq-atvor shakllaridan «raqobat» xulqining bartaraf etilishi orqali pedagoglarda frustratsion tolerantlikning kuchaytirilishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-266-sonli buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-266a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarda frustratsion tolerantlikni rivojlantirish bo‘yicha psixokorreksion dastur ishlab chiqilgan.