Abduxalilova Gulnora Kudratullaevnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bakterial ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining fenotipik va genotipik tavsifi hamda ularning dorilarga chidamliligi rivojlanishida ahamiyati», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib17.

Ilmiy maslahatchi: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuruzova Zuxra Abdikadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qodirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Federal davlat byudjet tashkiloti «Federal tibbiy-biologik agentligining  bolalar ilmiy-klinik yuqumli kasalliklari markazi» (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotningmaqsadi:bakterial ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining fenotipik va genotipik tavsifi hamda ularning dorilarga chidamliligi rivojlanishida ahamiyatini baholashdan iborat.

III.Tadqiqotningilmiyyangiligi:

hududiy epidemiologik jihatlarga bog‘liq holda o‘tkir diareyali bemorlar etiologik strukturasi Salmonella spp., Shigella spp., patogen E. coli, Campylobacter spp., viruslarvashartli-patogen mikroorganizmlar ekanligi isbotlangan;

alohida hududlardagi bemorlardan ajratib olingan S.typhimurium shtammlarining antibakterial preparatlarga rezistentligi isbotlangan;

S.typhimurium shtammlarining rezistentlik bo‘yicha aniqlangan fenotipik va genotipik jihatlari qo‘zg‘atuvchilarda mutatsiya bo‘lish ehtimolini bashoratlash va chidamliligini monitoringini o‘tkazish asoslangan;

β – laktam sinfiga oid antibakterial preparatlarga nisbatan rezistentlik genini aniqlashning elektroforetik deteksiyali polimeraza zanjir reaksiyasi takomillashtirilgan;

antibakterial preparatlarga nisbatan mikroorganizmlarning rezistentligi haqida ma’lumot beruvchi plazmidalarni ajratish S.typhimurium misolida ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqotnatijalariningjoriyqilinishi.

O‘II qo‘zg‘atuvchilarini tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«S.typhimurium plazmidalarini ajratib olish usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05610, 31.05.2018 y.). Natijada klinik amaliyot jarayonida S.typhimurium klonini aniqlash va o‘choqda epidemiologik tekshirishlar o‘tkazish sifatini oshirish imkonini bergan.

«III-IV guruh bakteriyalari va viruslari bilan ishlash, ularni hisobga olish, saqlash, tashish va boshqa tashkilotga berish bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan bakteriologik laboratoriyalarning amaliy ish faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 7 yanvardagi 012-3/0195-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu qo‘llanma enteropatogenlar bilan ishlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;

«III-IV guruh mikroorganizmlarini kolleksion shtammlarini saqlashning uslubiy asosi» nomli ishlab chiqilgan va tasdiqlangan uslubiy qo‘llanma sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha bakteriologik laboratoriyalarning amaliy ish faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil 22 sentyabrdagi 8m/153-son ma’lumotnomasi). Natijada laboratoriyada enteropatogenlar bilan ishlash jarayonini takomillashtirishga imkon bergan;

«O‘tkir diareya kasalliklarida bakteriologik va PZR usullarining qiyosiy texnik-iqtisodiy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 17 martdagi 8n-r/59-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma o‘tkir ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarini erta aniqlash usulini to‘g‘ri tanlashga xizmat qilgan;

«Fenotipik va PZR usullari yordamida antibiotiklarga rezistent shtammlarni aniqlashning qiyosiy jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 17 martdagi 8n-r/60-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma PZR usuli yordamida keng spektrdagi beta-laktamaz (KSBL) deteksiyasini aniqlash, o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan bemorlarni ilk kunidanoq kasalxonaga yotqizish hamda asoslangan antibakterial preparatlarni tanlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish