Avulxairov Firdavsiy O‘tkir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P368.
Ilmiy rahbar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shalola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Isakova Muazzam Tulkinovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oiladagi sog‘lom turmush tarzini shakllanishida shaxsning salomatlik haqidagi tasavvurlarini oilaviy munosabatlarda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, ota-onalik ustanovkalari muhim ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
oiladagi sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq psixologik salomatlikka shaxsning o‘zaro munosabatlarida hamkorlik, o‘zini chetga olish va moslashuvchanlikni ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, nizoli vaziyatlardagi xulq uslubining ta’siri kuchli ekanligi isbotlangan;
shaxsning psixologik salomatligi atrofdagilarga nisbatan emotsional bog‘liqlik psixosomatik buzilishlar, depressiya, fobiya kabi holatlarni pasayishiga ta’sir etganligiga asoslanib, empatiya darajasiga identiv namoyon bo‘lishi dalillangan;
oilada talabalarning sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik modeli shaxs irodaviy sifatlari, emotsional barqarorlik, jismoniy faollik darajasi, xulq-atvorni boshqarish ko‘nikmasini rivojlantirish muhimligi tufayli integral psixologik mexanizmlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oiladagi sog‘lom turmush tarzini shakllanishida shaxsning salomatlik haqidagi tasavvurlarini oilaviy munosabatlarda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, ota-onalik ustanovkalari muhim ta’sirga ega ekanligi isbotlashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-195-son buyrug‘i bilan “Oila psixologiyasi” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-195-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishni nazariy jihatdan tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
oiladagi sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq psixologik salomatlikka shaxsning o‘zaro munosabatlarida hamkorlik, o‘zini chetga olish va moslashuvchanlikni ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, nizoli vaziyatlardagi xulq uslubining ta’siri kuchli ekanligi isbotlashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-195-son buyrug‘i bilan “Oila psixologiyasi” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-195-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlarini asoslashga sharoit yaratilgan;
shaxsning psixologik salomatligi atrofdagilarga nisbatan emotsional bog‘liqlik psixosomatik buzilishlar, depressiya, fobiya kabi holatlarni pasayishiga ta’sir etganligiga asoslanib, empatiya darajasiga identiv namoyon bo‘lishi dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-195-son buyrug‘i bilan “Oila psixologiyasi” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-195-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillarni tahlil qilishga erishilgan;
oilada talabalarning sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik modeli shaxs irodaviy sifatlari, emotsional barqarorlik, jismoniy faollik darajasi, xulq-atvorni boshqarish ko‘nikmasini rivojlantirish muhimligi tufayli integral psixologik mexanizmlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-195-son buyrug‘i bilan “Oila psixologiyasi” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-195-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mo‘ljallangan psixologik trening dasturlarini ishlab chiqish va samaradorligini baholash samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish