Norova Nasiba Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mutaxassisning jinoyat-protsessual faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.09 - Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1254.
Ilmiy rahbar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.I.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Karimov Vaxobjon; yuridik fanlar nomzodi, professor Xidoyatov Baxtier Batirovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlari bo‘yicha mutaxassislarning protsessual faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
voyaga etmagan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilinishi uning qonuniy vakili yoki katta yoshli yaqin qarindoshi, pedagog va (yoki) psixolog yoxud jabrlanuvchining vakili ishtirokida amalga oshirilishi, ushbu shaxslar so‘roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkinligi, shuningdek, pedagog va (yoki) psixologning ishtiroki jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ta’minlanishi lozimligi asoslangan;
voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida voyaga etmagan gumon kilinuvchini so‘roq kilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga ko‘ra, yoxud voyaga etmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkinligi, pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini ta’minlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatilishi, pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon kilinuvchiga savollar berishga haqli ekanligi asoslangan;
elektron dalillar hamda raqamli ma’lumotlarni yo‘qotilishi yoki o‘zgartirilishini oldini olish maqsadida elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlarni qabul qilib olish va elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan birlamchi elektron jismlarni ko‘zdan kechirish mutaxassisning majburiy ishtirokida amalga oshirilishi lozimligi asoslangan;
jinoyat-protsessi doirasida olingan elektron (raqamli) ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish maqsadida olib qo‘yish yoki ko‘zdan kechirish tergov harakatlari davomida mutaxassis ishtirokisiz olingan elektron (raqamli) ma’lumotlar nomaqbul dalil deb topilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
voyaga etmagan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilinishi uning qonuniy vakili yoki katta yoshli yaqin qarindoshi, pedagog va (yoki) psixolog yoxud jabrlanuvchining vakili ishtirokida amalga oshirilishi, ushbu shaxslar so‘roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkinligi, shuningdek, pedagog va (yoki) psixologning ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ta’minlanishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 7 dekabrdagi “Bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-735-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 121-moddasi birinchi, ikkinchi qismlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024 yil 5 noyabrdagi 26-son dalolatnomasi). Mazkur taklif jinoyat protsessida olingan ko‘rsatmalar sifatini oshirishga va jinoyat protsessida voyaga etmagan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida voyaga etmagan gumon kilinuvchini so‘roq kilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga ko‘ra, yoxud voyaga etmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkinligi, pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini ta’minlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatilishi, pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga savollar berishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 7 dekabrdagi “Bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-735-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 554-moddasini shakllantirishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024 yil 5 noyabrdagi 26-son dalolatnomasi). Mazkur taklif psixologning jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatida voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilishda bilim va ko‘nikmalarini huquqni qo‘llash amaliyotida samarali qo‘llashga xizmat qilgan;
elektron dalillar hamda raqamli ma’lumotlarning yo‘qotilishi yoki o‘zgartirilishini oldini olish maqsadida elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlarni qabul qilib olish va elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan birlamchi elektron jismlarni ko‘zdan kechirish mutaxassisning majburiy ishtirokida amalga oshirilishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Elektron (raqamli) dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi doirasida Jinoyat-protsessual kodeksining 204¹-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 5 noyabrdagi 27/2-315-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklif orqali elektron dalillarni qabul qilish va ko‘zdan kechirish uchun mutaxassis ishtirokining majburiyligi jinoyat protsessida raqamli dallilarni mustahkamlashga xizmat qiladi;
jinoyat-protsessi doirasida olingan elektron (raqamli) ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida olib qo‘yish yoki ko‘zdan kechirish tergov harakatlari davomida mutaxassis ishtirokisiz olingan elektron (raqamli) ma’lumotlar nomaqbul dalil deb topilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Elektron (raqamli) dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi doirasida Jinoyat-protsessual kodeksining 95¹-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 5 noyabrdagi 27/2-315-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklif orqali dalillar bilan ishlashda mutaxassisning ishtirokini majburiy qilib belgilanishi jinoyat-protsessi doirasida olingan elektron (raqamli) ma’lumotlarning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish