Umirov Islombek Furkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘liqni saqlash tizimida xizmat ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3441.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bektemirov Abdumalik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘liqni saqlash tizimida xizmatlar ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini integral baholash yondashuvi xizmatlarning qulayligini ta’minlash, sifatini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, xizmatdan aholi qoniqqanlik darajasi mezonlarini ahamiyatliligiga, ularga muvofiq holda integral ko‘rsatkichlarga va sinergetik samaradorligiga ko‘ra baholash asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini baholash yondashuvi faoliyatga ta’sir etuvchi omillarning PEST hamda sog‘liqni saqlash tizimiga potensial tahdidlarni yuzaga keltiradigan omillarni baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
viloyatda tibbiyot muassasalar xizmatlar ko‘rsatish jarayonini B2G (davlat-xususiy sheriklik), B2C (aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish), B2B (turistik va sug‘urta tashkilotlari orqali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish)da elektron platformaga asoslangan klasterlash yondashuvining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Samarqand viloyatida tibbiy xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari va jami tibbiy xizmatlar hajmini oshirishning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash tizimida xizmatlar ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini integral baholash yondashuvi xizmatlarning qulayligini ta’minlash, sifatini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, xizmatdan aholi qoniqqanlik darajasi mezonlarini ahamiyatliligiga, ularga muvofiq holda integral ko‘rsatkichlarga va sinergetik samaradorligiga ko‘ra baholash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Samarqand viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini 2024-2025-yillarda rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-sentyabrdagi 02-28/22118-son ma’lumotnomasi). Taklif baholash mezonlarini ahamiyatliligi va ularga muvofiq holda baholash jarayonini tashkil etilishi natijasida tibbiy xizmatlar va xizmat ko‘rsatish subektlari faoliyati samaradoriligining uzviyligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini baholash yondashuvi faoliyatga ta’sir etuvchi omillarning PEST hamda sog‘liqni saqlash tizimiga potensial tahdidlarni yuzaga keltiradigan omillarni baholashga ko‘ra takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Samarqand viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini 2024-2025-yillarda rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-sentyabrdagi 02-28/22118-son ma’lumotnomasi). Taklif tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar natijasida yuzaga kelgan o‘zarishlar dinamikasini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish optimalligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
viloyatda tibbiyot muassasalar xizmatlar ko‘rsatish jarayonini B2G (davlat-xususiy sheriklik), B2C (aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish), B2B (turistik va sug‘urta tashkilotlari orqali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish)da elektron platformaga asoslangan klasterlash yondashuvining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Samarqand viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini 2024-2025-yillarda rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-sentyabrdagi 02-28/22118-son ma’lumotnomasi). Taklif tibbiyot muassasalarida elektron platformaga ko‘ra resurslardan samarali foydalanish asosida xizmatlar sifati va samaradorligini sinergetik yondashuv negizida oshirish imko-niyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida tibbiy xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari va jami tibbiy xizmatlar hajmini oshirishning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini 2024-2028-yillarda rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27- sentyabrdagi 02-28/22118-son ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlari tashkiliy-iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga Samarqand viloyatida tibbiyot muassasalari soni va sog‘liqni saqlash tizimida asosiy kapitalga investisiyalar hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.