Anvarov Toxirjon O‘tkir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Alifatik C2 - C12 normal va izo-nitrillarning katalitik sintezi», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K176.
Ilmiy rahbar: Muradov Kadir, kimyo fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Muaxmadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor; Turg‘unov Erxon, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: C2-C12 tarkibili spirtlarni ammiak bilan katalitik sianlash reaksiyasini termodinamik asoslash, katalizatorning tekstur xarakteriskalariga bog‘liq holda kinetik qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
C2-C12 tarkibli alifatik spirtlarning ammiak bilan sianlash reaksiyasida turli katalizatorlarining faolliklari baholangan va NTK-4 katalizatorining yuqori samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan;
NTK-4 katalizatorning kimyoviy tarkibi tekstur xarakterestikalari, jumladan g‘ovaklar o‘rtacha diametri 19÷39 nm, solishtirma sirt (SBET, m2/g) 61 m2/g, g‘ovaklarning solishtirma hajmi esa (Vs) 7,04÷13,78 sm3/g ga tengligi aniqlangan;
C2-C12 tarkibli alifatik spirtlardan nitrillarni katalitik sintez reaksiyasiga turli sharoitlari uchun (300°K÷800°K harorat oralig‘ida, boshlang‘ich moddalaning 1:1-1:6 hajmiy nisbatlari) boshlang‘ich spirtning gidrogenlash, oksidlash kabi reaksiyalar borishi termodinamik jihatdan baholangan;
nitrillar sintezi reaksiyasi davomida parallel boruvchi reaksiyalar natijasida  asosiy mahsulot bo‘lgan nitrillardan tashqari aminlar, aldegidlar, alkanlar, amidlar, oddiy va murakkab efirlar hosil bo‘lishi gaz xromato-masspektroskopiya (GX-MS) usulida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alifatik C2-C12 normal va izonitrillarning katalitik sintezi” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan asetonitril “O‘zbiokombinat” O‘zbekiston-Turkiya-Rossiya MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga elyuent va erituvchi sifatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston-Turkiya-Rossiya MChJ qo‘shma korxonasida 2024 yil 1 martdagi 239-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasini elyuent va erituvchi sifatida import o‘rnida  atsetonitril bilan ta’minlash imkonini bergan;
nitrillarni katalitik sintezi metodikasi “Elektrokimyozavod” AJ qo‘shma korxonasining “2026-2028-yillarda amlyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 19 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada, nitrillarni katalitik sintez qilish imkoniyatini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish