SADIKOV Alimdjan Zairovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alkaloidlarni o‘simlik xom ashyosidan ishlab chiqarish texnologiyalarini maqbullashtirish (Diterpen, izoxinolin, indol, pirrolizidin va steroid sinflariga oid alkaloidlar misolida)», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T278
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti va O‘zbekiston milliy universiteti. 16.07.2013 K.V.T.13.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, akademik Glushenkova Anna Ivanovna, texnika fanlari doktori Sagdullaev Baxodir Taxirovich, farmatsevtika fanlari doktori Urmanova Flyura Faridovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli asoslik kuchiga ega bo‘lgan alkaloidlar (diterpen, izoxinolin, indol, pirrolizidin va steroid sinflariga oid), asosida dori vositalari hamda bioreaktivlarining substansiyalarini ishlab chiqarishning umumlashtirilgan texnologiyalarini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta diterpen, izoxinolin, indol, pirrolizidin va steroid sinflariga oid 11 ta o‘simlik alkaloidlarini ishlab chiqarishdagi ko‘p fazali jarayonlarni o‘rganishda foydalanish uchun ularning asoslik kuchi (geliotrin rNb.m.=7,3; d-v-gidrastin rNb.m.=2,2; bikukulin rNb.m.=3,2; likorin rNb.m.=7,5; imperialin rNb.m.=4,8; protopin rNb.m.=3,6; lappakonitin rNb.m.=3,4; donaksin rNb.m.=6,2; galantamin rNb.m.=5,8; N-dezatsetillappakonitin rNb.m.=3,7; akonitin rNb.m.=3,6) aniqlangan;
ilk bor tuz holatida barcha 11 ta alkaloid, ularning asoslik kuchi har xil bo‘lishidan qat’i nazar, spirtning 75–85% li eritmasida yaxshi erishi va 55% li eritmada eruvchanligi eng yuqori ekanligi topilgan va ushbu omil alkaloidlarni ishlab chiqarishning umumlashtirilgan texnologiyasi yaratilishiga asos bo‘lishi isbotlangan;
tajribalarda kimyoviy tuzilishidan qat’i nazar, juda kam miqdorda boshqa ekstraktiv moddalar saqlovchi alkaloidlarni yuqori unum bilan o‘simlik xom ashyosidan 75–85% li spirt eritmasi yordamida selektiv ajratib olish yaxshi natijalar berishi ishlab chiqilgan;
tajribalarni matematik rejalashtirish usuli yordamida o‘simlik xom ashyosidan alkaloidlarni ekstraksiya qilish jarayonlarining optimal sharoitlari aniqlangan;
ilk bor ekstragent sifatida 75–85% li spirt eritmasi qo‘llanilib, diterpen, izoxinolin, indol, pirrolizidin, steroid tuzilishidagi alkaloidlar asosida 7 ta dori vositasi va 6 ta bioreaktivlar substansiyalarining umumlashtirilgan sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Alkaloidlarni o‘simlik xom ashyosidan ishlab chiqarish texnologiyalarini maqbullashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Allapinin», «Protopin gidroxloridi», «Aksaritmin», «Galantamin gidrobromid», «Aklezin» dori vositalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-texnik hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (22.11.2010 y., 00/523/3; 22.03.2001 y., 004–01; 30.01.2015 y., 00008/01/15; 19.01.2015 y., 04/415/6 sonli guvohnomalar) va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi («Allapinin», «Galantamin gidrobromid», «Aklezin») (27.12.2011 y., P№014369/01; 22.11.2011 y., FS–000243) vakolatli idoralari tomonidan tasdiqlangan;
«Akonitin» (toza) bioreaktivi texnikaviy shart (Ts.0353440–017:2014) bilan 24.06.2014 yil 112/001641 raqam bilan «O‘zstandart» agentligi tomonidan Davlat ro‘yxatiga olingan;
«Allapinin» dori vositasi substansiyasining lisenzion shartnomasi (22.06.2000 y., № 90295) «Farmsentr Vilar» OAJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan imzolangan. Lisenzion shartnoma asosida 2011–2014 yillarda 1369 kg (6,4 mln AQSh dollari) mahsulot ishlab chiqarilgan;
«Galantamin gidrobromid»dori vositasi substansiyasining lisenzion shartnomasi (9.08.2012 y., №1/08) «VIFITEX» YoAJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan imzolangan va shartnoma asosida 2011–2014 yillarda 3 kg (54,0 ming AQSh dollari) mahsulot iste’molchiga etkazib berilgan;
«Akonitin» bioreaktivi «LATOXAN» firmasi (Fransiya) bilan imzolangan shartnoma (27.04.2011 y., №4–L/01) asosida 2011–2014 yillarda 1389 g (90,4 ming evro) miqdorida eksport qilingan.