Abdullaev Tohir Hasanbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim biologik faol birikmalarlarning olinishi, stereokimyosi va sinflanishi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/K204.
Ilmiy maslahatchilar: Isobaev Muzafar Djumaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi V.I.Nikitin nomidagi Kimyo instituti, Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich kimyo fanlari doktori, professor, Ismoilov Mo‘minjon Yusupovich kimyo fanlari doktori, dotsent, Karimov Abdurashid Musoxonovich kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: asetilen hosilalari va geterotsiklik aminlar asosida o‘ziga xos biologik faollikka ega bo‘lgan optik izomerlarni sintez qilish va ajratish usullarini ishlab chiqish, ularni tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi (TN FEA) qoidalariga muvofiq sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asetilen aminlarining 40 dan ortiq, shu jumladan 15 ta optik faol hosilalari, ularning gidroxloridlari, shuningdek, tegishli aminlarning amidlari va karbamatlarini olish usullari ishlab chiqilgan;
sintez qilingan yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan birikmalarning optik izomerlari antipodlarini diastereomer tuzlar aralashmasini etanol eritmasidan fraksion kristallash yo'li bilan ajratish usullari ishlab chiqilgan, fraksion kristallanish jarayonida ushbu tuzlarni ajratish shartlari kvant kimyoviy hisoblashlar yordamida asoslangan;
ilk bor diastereomerik (R)–(+)– va (S)–(–)–3-metil-3-aminopentin-1 L–(+)–tartrat tuzlari olingan, ularning diastereomerik tozaligi YaMR spektrlari yordamida isbotlangan. Diastereomerik tuzlarning parchalanishining optik faol (R) – (+) – va (S) – (–) – asetilen aminlar hosil bo‘ladigan reaksiya yo‘nalishi aniqlangan;
olingan va ajratilgan biologik faol moddalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi yadro magnit-rezonansi, infraqizil spektroskopiya va polarimetriya yordamida aniqlangan;
yuqori konyugatsiyalangan tizimning stereokimyoviy xususiyatlarini, jumladan etilenning p-elektronlari, atsetilen bog'lari va karbonil guruhlarini kvant-kimyoviy hisoblashlar yordamida har tomonlama o‘rganish asosida aldegid protonining etilen bog'ining yaqin protoni bilan bog'lanish konstantasidagi farqlar eninon dioksialdegidlarning konyugatsiyalangan tizimining koplanarlik xususiyati buzilganligi isbotlangan;
sintez qilingan enin triollari xoleretik faolligi bo‘yicha degidroxol kislotadan 60-90%, farmakologik ta'sir doirasi bo‘yicha esa 2,5 martadan ortiqroq ekanligi aniqlangan. Enin triollarining Z-, E-izomerlarining faolligidagi farqn, molekulalardagi ichki molekulyar o‘zaro ta'sirlar tabiatidagi farq bilan bog'liq ekanligi isbotlangan;
asetilen aminoglikollari asosida yuqori darajadagi stereoselektivlikka ega 5-almashingan optik faol tiazolidinlar sintez qilingan hamda ularning tuzilishi kvant-kimyoviy hisoblash, YaMR spektroskopiya, termodinamik xususiyatlarni aniqlash usullari yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asetilen hosilalari va geterotsiklik aminlar asosida o‘ziga xos biologik faollikka ega bo‘lgan optik izomerlarni sintez qilish va ajratish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
biologik faol birikmalar Z- va E-6,7-dimetilnon-2-en-4-in-1,6,7-triol va ularning hosilalari Uyg'unlashtirilgan tizim qoidalariga muvofiq sinflanib, ularga: “Z-, E-6,7-dimetilnon-2-en-4-in-1,6,7-triol va uning hosilalari” uchun – 2905 49 000 1 yangi xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 17/05-24-0008-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu biologik faol moddalarni tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha to‘g‘ri tasniflash imkonini bergan;
yuqori biologik faollikka ega birikmalar (Z)-2-fenilimino-4-metil-4-etil-5-metilen-tiazolidin va ularning hosilalari Uyg'unlashtirilgan tizim qoidalariga muvofiq sinflanib, ularga: “(Z)-2–fenilimino–4–metil–4–etil–5–metilen–tiazolidin va uning hosilalari” uchun – 2934 20 800 1 yangi xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 17/05-24-0007-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu turdagi moddalarni ekport va import qilishda undiriladigan bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash va nazorat imkonini bergan;
ishlab chiqilgan atsetilenning amin hosilalarini sintez qilish va zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalangan holda konformatsion xususiyatlarini aniqlash usullari Tojikiston Milliy universitetining ilmiy-tadqiqot instituti hamda organik kimyo kafedrasi olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llanilgan (Tojikiston Milliy universitetining 2024 yil 11 sentyabrdagi 138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori biologik faollikka ega yangi optik izomerlarni sintez qilish imkonini bergan;
ayrim biologik faol birikmalarni olish, stereokimyosini o‘rganish va tasniflash usullaridan Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot universitetining bioorganik va kolloid kimyo kafedrasi ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llanilgan (Tojikiston Milliy universitetining 2024 yil 11 sentyabrdagi 138-sonli va Tojikiston davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 26-sentyabrdagi ma’lumotnomalari). Natijada, foydali farmakologik xususiyatlarga ega yangi optik faol birikmalar olish imkonini bergan.