Shahobiddinova Malohat Zaynilobiddin qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ta’lim sifati menejmentini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etishni takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”, 08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.4.PhD/Iqt3897.
Ilmiy rahbari: Abduraxmanova Gulnora Qalandarovna., iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbarlari va mutaxassislari hodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim sifati menejmentini umumiy  o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    uslubiy yondashuvga ko‘ra «sifatli ta’lim» tushunchasining mazmuni «barcha shaxslar o‘z jamiyatlaridagi farqlar va xilma-xillikda uyg‘un yashashga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish bilan birga, ularning bilim, ta’sirchan va ijodiy qobiliyatlarini va tafakkurini salohiyatli ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari va huquqlarini tan oladigan ta’lim» nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim standartlarga muvofiqlashtirish va talimni barqaror rivojlantirish maqsadlarini ifodalovchi ISO: 9000-2001 talablariga moslashuvchan milliy ta’lim sifati menejmenti tizimi taklif etilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘quv rejaning mukammallik darajasini (Vij=0,079) hamda nisbiy muhimligini (Vij=0,076), o‘tkazayotgan mashg‘ulotlardan o‘quvchilarning qoniqishini (Vij=0,0679) darajalarda ekspert baxolash orqali tabiiy va aniq fanlarga ustivorlik berish asosida ta’lim sifatini ta’minlash asoslangan;
umumiy o‘rta ta’limda o‘quv-uslubiy faoliyatni loyihalashning   bitiruvchilar bilimining sifati, fanlar ro‘yxatining muvofiqligi hamda ta’lim dasturlarining dars o‘tish jarayoniga moslashuvchanligini induktiv ta’minlashga qaratilgan sifat menejmenti tizimiga xos sxema taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim sifati menejmentini umumiy  o‘rta ta’lim maktablarida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «sifatli ta’lim» tushunchasining mazmuni «barcha shaxslar o‘z jamiyatlaridagi farqlar va xilma-xillikda uyg‘un yashashga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish bilan birga, ularning bilim, ta’sirchan va ijodiy qobiliyatlarini va tafakkurini salohiyatli ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari va huquqlarini tan oladigan ta’lim» nuqtai nazaridan takomillashtirilgan nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan «Ta’lim menejmenti» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 24-maydagi 150-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda O‘rta maktablarda ta’lim sifati menejmentini takomillashtirishga oid  nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni kengaytirish imkoniya yaratilgan;
taklif etilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim standartlarga muvofiqlashtirish va talimni barqaror rivojlantirish maqsadlarini ifodalovchi ISO: 9000-2001 talablariga moslashuvchan milliy ta’lim sifati menejmenti tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari faoliyatiga tadbiq etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 9-yanvardagi 03-33-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari tomonidan ta’lim dasturlari, dars o‘tish jarayoni loyihalari, dars o‘tish mavzulari va rejasi, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun  uslubiy materiallar ishlab chiqish faoliyati samaradorligi ortgan. Prezident maktablari Respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tayanch maktab sifatida zaruriy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘quv rejaning mukammallik darajasini (Vij=0,079) hamda nisbiy muhimligini (Vij=0,076), o‘tkazayotgan mashg‘ulotlardan o‘quvchilarning qoniqishini (Vij=0,0679) darajalarda ekspert baxolash orqali tabiiy va aniq fanlarga ustivorlik berish asosida ta’lim sifatini ta’minlash asoslangan takliflardan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari faoliyatiga tadbiq etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 9-yanvardagi 03-33-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘qitish sifatidan qoniqish darajasi ortgan,  bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishi 2023 yilda 98,7% ga, xorij oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishi esa 21% ga etgan;
umumiy o‘rta ta’limda o‘quv-uslubiy faoliyatni loyihalashning   bitiruvchilar bilimining sifati, fanlar ro‘yxatining muvofiqligi hamda ta’lim dasturlarining dars o‘tish jarayoniga moslashuvchanligini induktiv ta’minlashga qaratilgan sifat menejmenti tizimiga xos sxemadan foydalanish taklifi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari faoliyatiga tadbiq etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 9-yanvardagi 03-33-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, Prezident maktablarida ta’lim sifati yaxshilanib,  Umumiy o‘rta ta’lim maktablari orasidagi nufuzi, o‘qishga kirishga bo‘lgan talablar (2023-yilda 5,8 foizga) ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish