Qurbaniyazov Rashid Qalbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston mahalliy xomashyo resurslari asosida fosforli va organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc./T612.
Ilmiy maslahatchilar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Pulatov Xayrulla Lutfullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Nurmuradov Tulqin Isamuradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston mahalliy xomashyo resurslari asosida fosforli va organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpoq jelvakli fosforitlari asosan kurskit (25%) va frankolit (27%) minerallaridan iborat ekanligi va shuning hisobiga ushbu fosfat xomashyosining yuqori reaksion qobiliyatga ega ekanligi isbotlangan;
nisbiy o‘zlashuvchan shakli yuqori bo‘lgan P2O5 ga (80-90%) va etarli donalar mustahkamligiga (2-4 MPa) ega bo‘lgan mexanik faollashtirilgan murakkab aralash NP- va NPK-o‘g‘itlarni olish uchun N:P2O5 va N:P2O5:K2O maqbul nisbatlari 1:0,5 va 1:1:1 ekanligi aniqlangan;
jelvakli fosforitlarni EFK : FM = 100 : 25 nisbatda parchalash uchun ekstraksion fosfat kislotasining maqbul meyyori aniqlangan va ushbu jarayonda B markali ammofosfat o‘g‘itiga qo‘yilgan talablarga javob beradigan mahsulotlar olingan;
sulfat kislotaning monokalsiyfosfat hosil bo‘lish uchun stexiometrik hisobda maqbul meyyori 70-75% ekanligi, bunda oddiy superfosfat tarkibida R2O5 ning suvda eruvchan shaklining nisbiy miqdori 50% dan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
tovar fraksiyasi 90% dan ko‘p va donalar mustahkamligi 2 MPa dan yuqori bo‘lgan oddiy superfosfat olish imkonini beradigan bog‘lovchi tuzlar eritmalarining maqbul miqdori va konsentratsiyasi aniqlangan;
qizilmiya shrotini oksidlash uchun vodorod peroksidining maqbul konsentratsiyasi va miqdori aniqlangan hamda ushbu jarayonda ekstraktiv moddalarning chiqish darajasi 10,86 martaga ortishi isbotlangan;
Qoraqalpoq jelvakli fosforitlarini mineral tuzlar, sulfat va fosfat kislotali faollashtirish hamda qizilmiya ildizi shrotini qayta ishlash asosida faollashtirilgan murakkab aralash, ammofosfatli o‘g‘itlar, oddiy va guminli superfosfatlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston mahalliy xomashyo resurslari (jelvakli fosforitlar, qizilmiya shroti) asosida fosforli va organomineral o‘g‘itlar texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston jelvakli fosforitlarini mexanokimyoviy faollashtirish asosida donador kompleks va ammofosfatli o‘g‘itlar olish texnologiyasi ALBASE" MChJning “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 11 maydagi 02-04/9-05/1407-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy qo‘llashga mo‘ljallangan yangi turdagi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishga past navli fosforitlarni jalb qilish imkonini beradi;
Qoraqalpog‘iston jelvakli fosforitlarini sulfat kislotali faollashtirish yo‘li bilan faollashtirilgan va donadorlangan superfosfat olish texnologiyasi "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" AJning “2026-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan ("Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" AJning 2024 yil 28 avgustdagi 02-371-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi shudgorlashda samarali hisoblangan birlamchi fosforli o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
Qoraqalpog‘iston jelvakli fosforitlaridan olingan kukunsimon oddiy superfosfat massasini ammiakli tuzlarning bog‘lovchi eritmalari yordamida donadorlash texnologiyasi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning “2026-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2024 yil 28 avgustdagi 02-371-son ma’lumotno-masi). Natijada, tovar fraksiyasi 90% dan kam bo‘lmagan va donalar mustahkamligi 2 MPa dan yuqori bo‘lgan mahsulotlar olish imkonini beradi;
Qoraqalpog‘iston jelvakli fosforitlarini sulfat kislotali faollashtirish mahsuloti va oksidlangan shrot asosida guminli oddiy superfosfat olish texnologiyasi “ALBASE” MChJning “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 11 maydagi 02-04/9-05/1407-son ma’lumotnomasi). Natijada, yirik tonnajli chiqindi - qizilmiya ildizi shrotini utilizatsiya qilish va g‘o‘za hosildorligini nazorat variantiga nisbatan 20% ga oshirishni ta’minlaydigan yangi turdagi OMO‘ olish imkonini beradi.