Karimova Irodaxon Ibroximjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Postnatal ontogenezda kalamushlarning ichak enzimlari, energiya almashinuviga qo‘rg‘oshin ionining ta’siri va uni korreksiyalash», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B95.
Ilmiy rahbar: Almatov Karim Tajibaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Asrarov Muzaffar Islamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shaxmurova Gulnora Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postnatal ontogenez davomidakalamushlar ingichka ichak gidrolazalari faolligi va membranaviy jarayonlarga qo‘rg‘oshin xlorid ta’sirini aniqlash hamda funksional o‘zgarishlarni o‘simlik faol moddalari bilan korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organizm qo‘rg‘oshin bilan zaharlanganda postnatal ontogenezning turli yosh davrlarida membrana bilan bog‘liq bo‘lgan gidrolazalarning disfunksiyasi yoshga va dozaga bog‘liq solishtirilgan holda aniqlangan;
qo‘rg‘oshinli intoksikatsiya sharoitida ekdisteron va poliprenolning ichak gidrolitik fermentlarining faolligiga korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;
toksikant intoksikatsiyasida energiya almashinuvi o‘zgarishlariga ekdisteron va yuqori oqsilli ratsionni korreksiyalovchi ta’siri baholangan;
ekdisteron moddasini qo‘rg‘oshin chaqirgan saxaraza repressiyasiga korreksiyalovchi ta’siri yuqori oqsilli ratsion negizida yanada samaraliroq bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘rg‘oshinli intoksikatsiya sharoitida kalamushlarning ingichka ichak gidrolazalari va membranaviy buzilishlari hamda ularni o‘simlik moddalari bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
in vitro sharoitida mitoxondriya membranasida joylashgan megapora xossalarini tavsiflanishi FA-F5-T084 raqamli «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» mavzusidagi fundamental loyihasida ekdisteronni kalamushlarning ingichka ichak karbogidrazalarining faolligiga ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2018 yil 27 martdagi FTA-4/1255-756-son ma’lumotnomasi). Natijada ekdisteron kichik konsentratsiyalarda mitoxondriya megaporani ingibirlash va mitoxondriya funksional parametrlarining stabillash imkonini bergan;
poliprenolni qo‘rg‘oshinli intoksikatsiya sharoitida ovqat xazm qilish tizimidagi ayrim buzilishlarini FA-F7-T204 raqamli «Biologik faol geterotsiklik birikmalar molekulasida asimetrik markaz hosil qilishning nazariy muammolari» fundamental loyihasida korreksiyalovchi xossasidan geterotsiklik birikmalarni tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2018 yil 8 maydagi 4/1255-1197-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘rg‘oshinli saturnizmda ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni davolashda istiqbolli mahalliy dorivor vositalarni yaratish imkonini bergan;
intoksikatsiya ta’sirida kuzatilgan o‘zgarishlarni va ularning turg‘unligi postnatal ontogenezning turli davrlarida aniqlanadigan ferment turi hamda ichak bo‘limiga ta’sir mexanizmlari VetVittles kompaniyasining maqsadli ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (VetVittles kompaniyasining (AQSh) 2018 yil 20 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada bo‘shliq va membranada oziq moddalar gidroliz mexanizmlarining gidrolitik funksiyasini va ichak enterotsitlarida energiya almashinuv jarayonlarini pasaytirish imkonnini bergan.