Raxmatkarieva Firuza Gayratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sintetik seolitlarda ion-molekulyar komplekslar xossasini adsorbsion-kalorimetrik usulda aniqlash», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/K54.
Ilmiy maslahatchi: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Aminov Sobirjon Nigmatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sharipov Xasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor; Narmetova Gul`nara Rozikulovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: yuqori aniqliqga ega bo‘lgan adsorbsion-kalorimetrik qurilma yordamida A, Y va ZSM-5 turidagi sintetik seolitlarda ion-molekulyar klasterlarning energetikasi, tuzilmasi va lokallashuvini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor BaY, BaNaY, NaA va NaA(NaBO2) seolitlarida suv va uglerod dioksidi, ZSM-5 da metanol va etanol adsorbsiyasining to‘liq termodinamik xususiyatlari aniqlangan;
pog‘onali ko‘rinishga ega BaY va BaNaY seolitlarida suv adsorbsiyasi issiqligi aniqlangan;
BaY va BaNaY seolitlarida suv va SO2 adsorbsiyasi vaqtida superbo‘shliqda geksagonal prizmalar va sodalit bo‘shliqlaridan Va2+ kationlarining ko‘chishi, shuningdek, SO2 adsorbsiyasi vaqtida Na+ kationlarining SII pozisiyasidan SIII\' pozisiyasiga ko‘chishi isbotlangan;
natriy borati bilan qisman to‘ldirilgan NaA(NaBO2) sodalit bo‘shliqlari asos sifatidagi NaAga nisbatan suvni kamroq adsorbsiya qilishini isbotlangan;
NaA seolitida uglerod dioksidi lokalizatsiyasi aniqlangan;
ZSM-5 seolitining gidrofobligi undagi suvning adsorbsiya issiqligi (21,8 kJ/mol`) faqatgina bitta vodorod bog‘lami energiyasiga tengligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sintetik seolitlarda ion-molekulyar komplekslar xossasini adsorbsion-kalorimetrik usulda aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
BaY seolitida adsorbsion-kalorimetrik metod asosida olingan adsorbsiya differensial issiqligi, izotermasi, entropiyasi va termokinetikalari asosida olingan natijalar FA-F7-T168 raqamli«Polifunksional ta’sirli qator metallarning yangi koordinatsion birikmalarining sintezi va tuzilishining o‘ziga xosligi, kristall va elektron strukturalari, reaksiya qobiliyatlari, kimyoviy va biologik xossalarining ilmiy asoslarini qayd qilinishi» loyihasida adsorbentlarni strukturasida tiokarbamidni (nikotinamidni) tozalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 17 maydagi 4/1255-1281-son ma’lumotnomasi). Natijada BaY seolitida tiokarbamidni (nikotinamidni) tozalashni amalga oshirish imkonini bergan;
BaY seolitida adsorbsion-kalorimetrik metod asosida olingan adsorbsiya differensial issiqligi, izotermasi, entropiyasi va termokinetikalari asosida olingan natijalar I13-FA-T028 raqamli «Metallurgiya sanoati molibden konsentratini shixtalash uchun SK polimerini sanoat ishlab chiqarishni o‘zlashtirish» loyihasida kaolinsiz va kaolinli namunalarda yuzasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 17 maydagi 4/1255-1281-son ma’lumotnomasi). Natijada kaolinsiz namunalarda kaolinli namunalarga qaraganda yuzaning 1,5 barobar kattalashganini aniqlash imkoni yaratilgan;
sintez qilingan yangi sorbentlar «Chinoz NQIZ» korxonasidagi oqava suvlarda uchraydigan organik birikmalardan tozalashda amaliyotga joriy etilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 25 iyundagi 20/11-436-son ma’lumotnomasi). Natijada oqava suv tarkibidan aromatik birikmalar va ammoniy ionlarini 25–30 barobar samarali tozalash imkonini bergan;
sintetik seolitlar-molekulyar elaklarda ion-molekulyar komplekslar adsorbsiya qilinishi jarayonlarining termodinamik funksiyalari, tajribalar o‘tkazish metodikasi «Ana Jer» IIB MChJda amaliyotga joriy etilgan («Ana Jer» IIB MChJning 2018 yil 11 sentyabrdagi 11/09-01-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi oldindan boshqarish xususiyatiga ega modda va materiallar olish imkonini bergan.