Isaqova Zebo Murodovnaning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xizmatiga loyiha boshqaruvi standartlarini joriy etish istiqbollari)”, 08.00.13 – “Menejment».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Iqt205.
Ilmiy rahbar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qahhorov Otabek Siddiqovich; i.f.d., prof. Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi sharoitida davlat xizmatiga loyiha boshqaruvi standartlarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
 - davlat xizmati amaliy faoliyatida «loyiha boshqaruvi» va «loyihaviy boshqaruv» tushunchalari qiyosiy-terminologik tahlil qilingan. Ushbu tahlil natijasida ularning PMI PMBOK xalqaro standarti asosida qo‘llanilishi hamda tushunchalarning maqsad va vazifalari o‘rtasidagi farqlar, «davlat xizmatida loyiha boshqaruvi» tushunchasi nazariy va metodologik jihatdan asoslab berilgan;
tarmoqlar va hududlarni jadal rivojlantirish uchun o‘rta va uzoq muddatli strategiyalar bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni davlat yillik dasturlariga kiritish va loyiha boshqaruvini xalqaro standartlar asosida amalga oshirishning kompleks chora-tadbirlari asoslangan;
milliy malakalar tizimini joriy qilishda loyiha boshqaruviga oid kompetensiyalarini ishlab chiqish orqali xodimlarni ishga qabul qilish, tashkilot ichida va tashkilotlar o‘rtasida vertikal-gorizontal harakatlarda malaka talablarini belgilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar natijasida tasdiqlangan «yo‘l xaritalari»ning ijrosini loyiha boshqaruvi standartlarini joriy etish orqali samaradorligini oshirish chora-tadbirlari asoslangan;
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy hokimlik rahbarlari faoliyatining KPI tizimini loyiha boshqaruvi standartlariga asoslangan holda takomillashtirishga oid uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
davlat xizmatida loyihaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishda uning tashkiliy-boshqaruv samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sabab va oqibat (Cause and Effect Analysis) hamda tizim tahlili (Structure Analysis) vositasida 2030 yilgacha prognoz parametrlarining ssenariy variantlari ishlab chiqish orqali uslubiy yondashuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda davlat xizmatiga loyiha boshqaruvi standartlarini samarali joriy etishga oid olingan natijalar asosida:
davlat xizmati amaliy faoliyatida «loyiha boshqaruvi» va «loyihaviy boshqaruv» tushunchalari qiyosiy-terminologik tahlili amalga oshirilgan. Ushbu tahlil natijasida ularning PMI PMBOK xalqaro standarti asosida qo‘llanilishi, shuningdek, mazkur tushunchalarning maqsad va vazifalari o‘rtasidagi farqlar, «davlat xizmatida loyiha boshqaruvi» tushunchasi nazariy-metodologik jihatdan ilmiy asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil iyun oyidagi №DGU 202408269-sonli guvohnomasi);
tarmoqlar va hududlarni jadal rivojlantirish uchun o‘rta va uzoq muddatli strategiyalar bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni davlat yillik dasturlariga kiritish va loyiha boshqaruvini xalqaro standartlar asosida amalga oshirishning kompleks chora-tadbirlari haqidagi taklif Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish muddatini 2,7 foizga va mavjud resurslardan samarasiz foydalanishni 1,9 foizga kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 31-oktyabrdagi 01/00-02/26-10620-son ma’lumotnomasi);
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari kasb faoliyati turlarini belgilagan holda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari va malakalarni baholash markazlari faoliyat tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi PQ-4939-son «Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 31 oktyabrdagi 01/00-02/26-10620-son ma’lumotnomasi). Taklif 29 ta kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi hamda 22 ta malakalarni baholash markazi faoliyatining olib borilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
milliy malakalar ramkasini joriy qilishda loyiha boshqaruviga oid kompetensiyalar tizimini ishlab chiqish orqali xodimlarni ishga qabul qilish, tashkilot ichida va tashkilotlar o‘rtasida vertikal-gorizontal harakatlanishda malaka talablarini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 275-son «O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 31 oktyabrdagi 01/00-02/26-10620-son ma’lumotnomasi). Taklif loyiha boshqaruviga oid kompetensiyalar tizimi amaliyotga joriy etilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha imzolangan «yo‘l xaritalari» ijrosini loyiha boshqaruvi standartlarini joriy etish orqali ta’minlash bo‘yicha taklif mazkur jarayon samaradorligini oshirdi. Natijada, original maqsadlarga erishish darajasi 78% ga, rejalashtirilgan ishlar ajratilgan birlamchi byudjet doirasida yakuni ko‘rsatkichi esa 67% ga oshgan (Toshkent shahar Investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2024 yil 21 iyundagi 01/539-01-sonli ma’lumotnomasi);
davlat xizmatida loyihalar boshqaruvi tizimini shakllantirish jarayonida uning tashkiliy-boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar metodologik jihatdan asoslab berilgan. Natijada, investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi 12% ga oshgan, shuningdek, hududiy davlat organlari va tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi ta’minlangan (Toshkent shahar Investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2024 yil 21 iyundagi 01/539-01-sonli ma’lumotnomasi);
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda loyiha boshqaruvi standartlaridan foydalangan holda mahalliy hokimliklar rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi PQ-5230-son «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida aks etgan. Taklifga ko‘ra, KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati bo‘yicha 22% hokim o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligining oshishiga xizmat qilgan. Tumanlardagi investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshliqlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash bo‘yicha berilgan taklif asosida ularning faoliyati samaradorligi 17% ga oshgan (Toshkent shahar Investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2024 yil 21 iyundagi 01/539-01-sonli ma’lumotnomasi);
davlat xizmatida loyihaviy boshqaruv tizimini shakllantirishda uning tashkiliy-boshqaruv samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sabab va oqibat (Cause and Effect Analysis) hamda tizim tahlili (Structure Analysis) vositasida 2030 yilgacha prognoz parametrlarining ssenariy variantlari ishlab chiqishning uslubiy yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi PQ-5230-son qarorida aks etgan. Taklif ssenariyli yondashuvning rejalashtirilishiga ko‘ra loyihaviy boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Tadqiqot natijalari va amaliy qo‘llanishi mazkur sohada davlat boshqaruvi va loyihalar boshqaruvini yanada takomillashtirish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish