Abdullaeva Dilarom Nigmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekistonda gender salohiyatini oshirishning mafkuraviy jihatlari”
09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1347
Ilmiy rahbar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanova falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nishonova Nodiraxon Rayimjonovna, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda shaxs gender salohiyatining mohiyati, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish hamda O‘zbekistonda gender salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi mafkuraviy jihatlarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy taraqqiyot jarayonida ayollar va erkaklarning intellektual salohiyatini oshirishda tenglik ta’minlangani har bir inson, ularning jinsi, millati yoki ijtimoiy holatidan qat'i nazar, teng huquqlarga ega va teng imkoniyatlar orqali o'z qobiliyatlarini rivojlantirishi inson qadr-qimmatining universalligi tamoyiliga asoslanish ochib berilgan;
erkak va ayollarning intellektiga teng baho berish, ularning ishlab chiqarish, fan va ta’lim tizimida o‘zlarini namoyon qilish uchun teng huquq va teng imkoniyatlarning yaratilishi gender salohiyatini siyosiy vakillik, ta’lim olish imkoniyati, iqtisodiy ishtirok jihatdan oshirishning mexanizmi ekanligi asoslangan;
Sharq va G‘arb davlatlarida dinning sekulyarlashuvi ayollarning ijtimoiy faolligi va gender salohiyatini oshirish, ularning siyosiy boshqaruv tizimida ishlash va o‘z iqtidorini namoyon qilish ijtimoiy adolat va tenglikning obektiv omili ekanligi ochib berilgan;
ayollarning oiladagi mavqeini oshirish, avlodlararo davomiylikni ta’minlash, farzand tarbiyalashi uchun iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy sharoitlarning yaratilishi gender salohiyatini ta’minlash, ayollarning kamsitilishini oldini olishga yo‘nalgan mafkuraviy metodologiya ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda insonning gender salohiyati va imkoniyatlarining tadqiq etish natijasida:
ijtimoiy taraqqiyot jarayonida ayollar va erkaklarning intellektual salohiyatini oshirishda tenglik ta’minlangani har bir inson, ularning jinsi, millati yoki ijtimoiy holatidan qat'i nazar, teng huquqlarga ega va teng imkoniyatlar orqali o'z qobiliyatlarini rivojlantirishi inson qadr-qimmatining universalligi tamoyiliga asoslanishga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Dugonalar», «Ta'lim va taraqqiyot», «Millat va ma'naviyat» tele va radiodasturlarida gender masalalarini muntazam yoritib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio-komraniyasining 2024-yil 14-maydagi 26-36-896-sonli ma'lumotnomasi). Natijalar tinglovchilarning ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishga barchaning mas’ulligini tushunish va ularning shu sharoitlardan foydalanish madanyaitini shakllantirishga xizmat qilgan;
erkak va ayollarning intellektiga teng baho berish, ularning ishlab chiqarish, fan va ta’lim tizimida o‘zlarini namoyon qilish uchun teng huquq va teng imkoniyatlarning yaratilishi gender salohiyatini siyosiy vakillik, ta’lim olish imkoniyati, iqtisodiy ishtirok jihatdan oshirishning mexanizmiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilinayotgan «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida o‘tkazilayotgan Yoshlar oyligi doirasidagi tadbirlarini samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 18-maydagi 2-13-21-2254-sonli ma'lumotnomasi). Natijalar, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, ularning bilim va malakalarini oshirishga oid turkum tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb davlatlarida dinning sekulyarlashuvi ayollarning ijtimoiy faolligi va gender salohiyatini oshirish, ularning siyosiy boshqaruv tizimida ishlash va o‘z iqtidorini namoyon qilish ijtimoiy adolat va tenglikning obektiv omiliga oid O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazining 2022-yildagi O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risida axborotini shakllantirishda keng foydalanilgan (Markazning 2024-yil 24-maydagi 01/560-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar 2022-yilda O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi borasidagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni falsafiy asoslash va amaliyotga joriy etishga xizmat qilgan;
ayollarning oiladagi mavqeini oshirish, avlodlararo davomiylikni ta’minlash, farzand tarbiyalashi uchun iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy sharoitlarning yaratilishi gender salohiyatini ta’minlash, ayollarning kamsitilishini oldini olishga yo‘nalgan mafkuraviy metodologiya ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi «Milliy tiklanish» demokratik rartiyasining 2023-yil 12-may kuni «Milliy tiklanish» demokratik rartiyasi Markaziy kengashi «Ayollar qanoti» tomonidan «O‘zbekistonda xotin-qizlar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida» mavzusida ochiq muloqoti materiallarini tayyorlashda foydalanilgan («Milliy tiklanish» demokratik rartiyasining 2024-yil 17-iyundagi 02/02-45-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar partiya elektoratining ijtimoiy faolligini oshirish, gender salohiyatini oshirishga yo‘nalgan davlat siyosatining mohiyatini tushunish va undan unumli foydalanishga xizmat qilgan.