Aripova Shaxnoza Dilmurodovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar nutqining grammatik qurilishini rivojlantirishda korreksion-pedagogik ish tizimi », 13.00.03–Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped357.

Ilmiy rahbar: Ayupova Mukarram Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori; Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  bolalar nutqining grammatik qurilishini rivojlantirishda korreksion-pedagogik ish tizimini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining grammatik qurilishini (ontogenez va dizontogenez) rivojlantirishning korreksion-pedagogik ish tizimi tuzilmasi logopediyaning tizimlilik, komplekslilik hamda rivojlanish tamoyillariga ustuvorlik berish, differensial tashxis qilish asosida takomillashtirilgan;

grammatik ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirishning korreksion-pedagogik ish tizimini maxsus maktabgacha ta’lim jarayoniga tatbiq qilishning samaradorligi nutqning psixolingvistik dinamikasini baholash asosida aniqlangan;

nutq grammatik qurilishini rivojlantirishning korreksion-pedagogik ish usullari, kontekstli nutqdan mustaqil nutqqacha qo‘llanishini ta’minlaydigan mashg‘ulotlar kompleksi bola nutqining buzilish darajasiga ko‘ra, ularning nutqiy imkoniyatlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;

bolalar nutqining grammatik qurilishini rivojlantirishda korreksion-pedagogik ish tizimi ta’limiy yondashuv (interfaol, differensiallashtirilgan, individuallashtirilgan ta’lim) asosida ko‘rgazmali o‘yin vositalarini qo‘llash orqali takomillashtirishga doir tavsiyalar shakllantirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalar nutqining grammatik qurilishini rivojlantirishda korreksion-pedagogik ish tizimiga doir tadqiqot natijalari asosida:

og‘ir nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda grammatik qurilmalarning shakllanganlik darajasini belgilash va ularning xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha takliflar «Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi defektologlarning huquqiy-me’yoriy hujjatlari to‘plami» mazmuniga singdirilgan (O‘zR XTV MMXQTMORO‘M Markazi IMK 2011 yil 13 sentyabrda tasdiqlagan). Natijada yuqoridagi hujjat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedlar uchun bolalar nutq kamchiliklarini aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda korreksion-pedagogik ish sifatining oshirishga xizmat qilgan;

korreksion-logopedik dastur asosida yaratilgan metodik qo‘llanmalar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi «Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi №528-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizom»ning ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish bandida (39, 40, 41, 42, 43) belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 23 noyabrdagi 01-02/2-1-494-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar nutqining grammatik qurilishini rivojlantirishning pedagogik-didaktik aspektlari takomillashtirilgan;

tadqiqot ishi yuzasidan ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan korreksion-pedagogik ish yo‘nalishlari va metodlari maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik qurilishini rivojlantirish bo‘yicha  mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 23 noyabrdagi 01-02/2-1-494-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot bo‘yicha yaratilgan metodik ta’minot va tavsiyalar maktabgacha ta’lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida ilg‘or ish tajribasini ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish