Allayarov Shamsiddin Amanullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agrar siyosatni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.01–«Iqtisodiyot nazariyasi», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Iqt94.
Ilmiy maslahatchi: Nabiev Elshod G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Erkin Djo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti huzuridagi bir martalik ilmiy kengash, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Sherqul Shodmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xushmatov Norqul Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov To‘lqin Sa’dullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: agrar siyosatni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy, uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishda tadbirkorlik sub’ekti sifatida fermer xo‘jaligi kategoriyasi ilmiy jihatdan takomillashtirilgan;
ilk bor ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi kategoriyasining moliyaviy barqarorlik va raqobatbardoshliligini ta’minlash nuqtai nazardan iqtisodiy mazmuni asoslangan;
fermer xo‘jaliklarini Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uslubiy tavsiya ishlab chiqilgan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromad turlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashdan besh yil muddatga ozod etish taklifi ishlab chiqilgan;
agrar siyosatni amalga oshirishning tashqi iqtisodiy mexanizmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini taqdim etish uslubi hamda tarmoq mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash ustuvorligini aniqlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
tarmoqlar xususiyatidan kelib chiqib, fermer xo‘jaliklariga beriladigan er uchastkalarini optimallashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrar siyosatni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
fermer xo‘jaligi va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tushunchalariga ishlab chiqilgan mualliflik yondashuvlari, ularga beriladigan er uchastkalarini optimallashtirishga oid nazariy-uslubiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining (2018 yil 19 aprel`) 3 va 5-moddalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 24 maydagi 06/1-06/1707-son hamda 2018 yil 3 maydagi 04/4-06-1703-son ma’lumotnomalar). Ilmiy natija asosida foydalanish fermer xo‘jaligi va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tushunchalarining mazmunini ochishga va ularga er o‘lchamlarini optimal taqsimlashni tashkil etishga xizmat qilgan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga soliq imtiyozlarini qo‘llashga doir nazariy-uslubiy tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (2018 yil 19 aprel`) 358-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 24 maydagi 06/1-06/1707-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
fermer va dehqon xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi ish o‘rinlarini tashkil etish jarayonlarini imtiyozli moliyalashtirishda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish borasida nazariy-uslubiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 04-15\\3899-son ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning mahsulot ishlab chiqarish samaradorligiga va bandlik darajasini oshirishga ta’sirchanligini oshirish uchun xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlashda ustuvorlik jihatidan yondashuv mexanizmi bo‘yicha nazariy-uslubiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (2017 yil 3 avgust, 42-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Asosiy faoliyat samaradorligini baholashda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida ko‘makka muhtoj bo‘lgan tez buziluvchi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari eksportini rag‘batlantirish mexanizmi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2017 yil 3 avgustdagi JM-1316-son ma’lumotnomasi). Natijada dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan.