Niyazov Zafar Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida diniy tashkilotlar faoliyati tarixi (1991-2022-yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1456
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuradovich, tarix fanlari doktori, professor, Adilov Abror Anvarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2022-yillarda O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida dinga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo‘nalishlari, diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatini ilmiy jihatdan tahlil etishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan  davlat  siyosatini  3 bosqichda,   ya’ni  1991-1998-yillari o‘tish davridagi vaziyat, ayrim diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tmagan holda faoliyat yuritishlari davlat tomonidan diniy sohani tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilinganligi,  1999-yildan  –  2016 - yilga qadar  bo‘lgan  davrda  O‘zbekiston dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasini mustahkamlash, diniy soha va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat bilan  o‘zaro hamkorligini kuchaytirganligi  va  xalqaro-huquqiy  bazalarini  shakllantirilganligi,  2017-2023-yillari diniy tashkilotlar yuzasidan huquqiy asoslarining mustahkamlanishi,  mahalliy aholi ma’naviy hayotidagi o‘rnini oshirilishi, turli  dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar uchun din erkinligini ta’minlash, ularning  ijtimoiy  moslashuvi  uchun  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  tomonidan ko‘mak berilganligi aniqlangan;
Davlatning fuqarolarning vijdon erkinligini qonun bilan mustahkamlanib ta’minlanishi va diniy konfessiyalarni rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarining amaliy ifodasi sifatida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning soni 1991-yildagi 149 islomiy va 62 noislomiydan 2023-yilga kelib 2153 islomiy va 197 noislomiy tashkilotga o‘sganligi, shu jumladan, Qashqadaryoda  14  dan 184 islomiy va 2 noislomiy, Surxondaryoda 11 dan 131 islomiy va 2 noislomiy tashkilotga o‘sganligi, ularning moddiy bazasi yaxshilanganligi, masjidlar imom-xatiblarini malakalari muntazam ravishda oshirib borilganligi, haj va umra ziyoratlarini amalga oshirayotganlarni soni o‘sganligi, aholining diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilganligi, ularni ma’naviy hayotida diniy tashkilotlarning ahamiyati oshib borayotganligi dalillangan;
Mustaqillikning ilk yillaridanoq yoshlarimizga dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda diniy ta’lim olishlari uchun keng imkoniyat berilishi oqibatida Qashqadaryoda 1992-yil asos solingan Xoja Buxoriy o‘rta maxsus Islom bilim yurti, Surxondaryoda 2020-yildan Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mamlakat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qiladigan, ma’nan etuk, sof islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, insonparvarlik, xalqparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, o‘rta maxsus ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatib, boshlang‘ich arab tili murabbiyi, mahalla raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi kabi mutaxassislarni tayyorlayotganligi, mazkur muassasalarda talabalar uchun barcha moddiy sharoitlar yaratilganligi, zamonaviy fan kabinetlarida diniy va dunyoviy fanlardan oliy ma’motli mudarris va o‘qituvchilar yangi o‘quv dasturlar va pedagogik texnologiyalar  asosida saboq berayotganligi aniqlangan;
Yangi O‘zbekiston davrida tashkil etilgan Surxondaryodagi “Imom Termiziy” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,  Qashqadaryodagi “Abu-l Mu’in an-Nasafiy” ilmiy-tadqiqot markazi islom dinining, hadis va fiqh ilmining mohiyatini, hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablarining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, Abu-l Mu’in an-Nasafiy va nasafiylar,  yurtimizdan etishib chiqqan mutafakkirlarning  ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishdagi faoliyati hamda islom ulamolariga oid Qashqadaryoda 26 ta Surxondaryoda 14 ta ziyoratgohlarni mavjudligi ziyorat turizmni rivojlantirish uchun qulay ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida diniy tashkilotlar faoliyati tarixi (1991-2022-yillar) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va olingan ilmiy natijalaridan:
 O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan  davlat  siyosatini  3 bosqichda,   ya’ni  1991-1998-yillari o‘tish davridagi vaziyat, ayrim diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tmagan holda faoliyat yuritishlari davlat tomonidan diniy sohani tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilinganligi,  1999-yildan  –  2016 - yilga qadar  bo‘lgan  davrda  O‘zbekiston dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasini mustahkamlash, diniy soha va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat bilan  o‘zaro hamkorligini kuchaytirganligi  va  xalqaro-huquqiy  bazalarini  shakllantirilganligi,  2017-2023-yillari diniy tashkilotlar yuzasidan huquqiy asoslarining mustahkamlanishi,  mahalliy aholi ma’naviy hayotidagi o‘rnini oshirilishi, turli  dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar uchun din erkinligini ta’minlash, ularning  ijtimoiy  moslashuvi  uchun  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  tomonidan ko‘mak berilganligi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda tadqiqotda ilgari surilganligi bo‘yicha ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 13-dekabrdagi 06-28-1887-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda vatanparvarlik, millatlararo va diniy bag‘rikenglik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan.
Davlatning fuqarolarning vijdon erkinligini qonun bilan mustahkamlanib ta’minlanishi va diniy konfessiyalarni rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarining amaliy ifodasi sifatida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning soni 1991-yildagi 149 islomiy va 62 noislomiydan 2024-yilga kelib 2153 islomiy va 197 noislomiy tashkilotga o‘sganligi, shu jumladan, Qashqadaryoda  14  dan 184 islomiy va 2 noislomiy, Surxondaryoda 11 dan 131 islomiy va 2 noislomiy tashkilotga o‘sganligi, ularning moddiy bazasi yaxshilanganligi, masjidlar imom-xatiblarini malakalari muntazam ravishda oshirib borilganligi, haj va umra ziyoratlarini amalga oshirayotganlarni soni o‘sganligi, aholining diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilganligi, ularni ma’naviy hayotida diniy tashkilotlarning ahamiyati oshib borayotganligi dalillangan bo‘yicha ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 1-iyuldagi 285-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolar diniy tashkilotlarning faoliyatiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.
Mustaqillikning ilk yillaridanoq yoshlarimizga dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda, diniy ta’lim olishlari uchun keng imkoniyat berilishi jarayonida Qashqadaryoda 1992-yil asos solingan Xoja Buxoriy o‘rta maxsus Islom bilim yurti, Surxondaryoda 2020-yildan Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mamlakat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qiladigan, ma’nan etuk, sof islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, insonparvarlik, xalqparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, o‘rta maxsus ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatib, boshlang‘ich arab tili murabbiyi, mahalla raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi kabi mutaxassislarni tayyorlayotganligi, mazkur muassasalarda talabalar uchun barcha moddiy sharoitlar yaratilganligi, zamonaviy fan kabinetlarida diniy va dunyoviy fanlardan oliy ma’lumotli mudarris va o‘qituvchilar yangi o‘quv dasturlar va pedagogik texnologiyalar  asosida saboq berayotganligi aniqlanganligi dalillangan bo‘yicha ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 5-iyuldagi 02-02-2225-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolar diniy bilimlarni olishlari bilan bog‘liq o‘quv yurtlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishgan.
Yangi O‘zbekiston davrida tashkil etilgan Surxondaryodagi “Imom Termiziy” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,  Qashqadaryodagi “Abu-l Mu’in an-Nasafiy” ilmiy-tadqiqot markazi islom dinining, hadis va fiqh ilmining mohiyatini, hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablarining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, Abu-l Mu’in an-Nasafiy va nasafiylar,  yurtimizdan etishib chiqqan mutafakkirlarning  ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishdagi faoliyati hamda islom ulamolariga oid Qashqadaryoda 26 ta Surxondaryoda 14 ta ziyoratgohlarni mavjudligi ziyorat turizmni rivojlantirish uchun qulay ekanligi asoslanganligi bo‘yicha ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 1-iyuldagi 285-son ma’lumotnomasi). Natijada yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ziyoratgohlaridagi ilmiy-tadqiqot markazlari haqidagi ma’lumotlarni fuqarolarga etkazish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish