IsmailovAlisherFayzievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akademik liseylarda tarix fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped383.

Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolbay Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: akademik liseylarda tarix fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘quvchilarda tarixiy ong va dunyoqarashni rivojlantirishning reproduktiv, evristik  va produktiv darajalari kognitiv, emotsional va motivatson faoliyatga doir tarixiy bilim va dunyoqarashni rivojlantirish komponentlarini o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;

tarix fanini o‘qitishning kognitiv, emotsional-obrazli hamda motivatsion-qadriyatga yo‘naltirilgan komponentlarni o‘zida aks ettiruvchi nazariy model «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik liseylari uchun o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar (interfaol dars ishlanmalari, ishchi daftarlari, xalqaro baholash dasturlariga asoslangan o‘quv topshiriqlari) bo‘yicha takomillashtirilgan;

akademik liseyda tarix fanini o‘qitishning xususiy-metodik texnologiyasining mazmunli va tashkiliy-metodik komponentlari «Muzey – ta’lim muassasalari – oila» hamkorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

akademik liseylarda tarix fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalari didaktik ekspozisiyalarni (tarixiy sanalarni yodda saqlash, voqeliklarni tahlil etish va baholash, «estafetali» bellashuvlarni tashkil etish, «kompetensiya piramidalari») tashkil etish va namoyish etish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Akademik liseyda tarix fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar:

akademik liseylarda tarix fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tarixiy ong va dunyoqarashni rivojlantirishning kognitiv, emotsional va motivatsion faolyatiga doir komponentlarining  reproduvtiv, evristik va produktiv darajalarini aniqlashda foydalanilgan. Shuningdek, tadqiqot ishi natijalari o‘quvchilarda tarix fanini o‘qitish orqali Vatanga muhabbat milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat kabi sifatlarning takomillashishiga zamin yaratgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2639-son ma’lumotnomasi). Natijada 2017-2018 o‘quv yilidan tatbiq etilgan akademik lisey o‘quvchilari uchun kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan «O‘zbekiston tarixi» va «Jahon tarixi» darsliklari va «O‘qituvchi kitobi» qo‘llanmalari yaratilgan;

O‘zbekiston tarixini o‘qitishning metodik ta’minotidan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining «Yoshlar bilan ishlash ma’rifiy-uslubiy bo‘limi» faoliyatini takomillashtirishda, xususan, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida eksponatlarning joylashish tartibi, mavzular ketma ketligi  va uyg‘unligi, tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, o‘quvchining axborotni qabul qilish qulayligini ta’minlashga qaratilgan mazmun shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2639-son,  Fanlar akademiyasining 2018 yil 27 apreldagi 311255-1091-son ma’lumotnomalari). Natijada o‘quvchilarning tarix fanini o‘zlashtirishi va tarixiy tasavvurlarining kengayishiga erishilgan;

tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganishga mo‘ljallangan innovatsion texnologiyalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida 2017 yilning sentyabr`-noyabr` oylarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ekspozisiyani tashkil etish va namoyish etish ko‘rgazma konsepsiyasi hamda mavzuli rejasini ishlab chiqish jarayonida amaliyotga tatbiq etilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 27 apreldagi 311255-1091-son ma’lumotnomasi). Natijada akademik liseylarda tarix fanini o‘qitishda muzey pedagogikasi imkoniyatidan foydalanish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish