Sayimbetov Alisherning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli kompozisiyali kompostlarni qo‘llashning tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.Ph.D/Qx147.
Ilmiy rahbar: Azimbaev Sabirdjan Arifdjanovich, biologiya fanlari doktori, professor, Nurmatov Shermat, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Oripov Razzoq Oripovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzaev Lutfullo Arifdjanovich,qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: har xil organik moddalar (qoramol go‘ngi, parranda qiyi, sholi va yog‘och qipig‘i) bilan fosfogipsni turli nisbatlarda aralashtirib kompostlar tayyorlash hamda ularni tipik bo‘z tuproqlar unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor har xil organik moddalar (sholi va yog‘och qipig‘i, qoramol go‘ngi, parranda qiyi)ni fosfogips bilan 1:1:1,8:0,2; 1:1:1,4:0,6; 1:1:1:1 nisbatlarda aralashtirilgan holda kompost-1, kompost-2 va kompost-3 tayyorlangan va ularni tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘zaning o‘rta tolali “S-6524” navini parvarishlashda qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
turli kompostlarning tuproqning suv-fizik va agrofizikaviy, xossalariga uni struktura elementlariga hamda suvga chidamlilik darajasiga ta’siri aniqlangan;
turli kompozisiyali kompostlarning tuproqning unumdorligiga hamda g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va quruq massa to‘plash miqdorlariga ta’siri aniqlangan;
turli kompostlar (kompost-1; kompost-2 va kompost-3)ning g‘o‘za hosildorligi, paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda har xil kompozisiyali kompostlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
turli komponentli kompostlarni qo‘llash bo‘yicha “Tuproq unumdorligini yaxshilash va saqlash hamda g‘o‘za hosildorligini oshirishda har xil kompozisiyali kompostlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 15 maydagi 02/020-40-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida dehqon va fermer xo‘jaliklarida tuproq unumdorligini oshirish va saqlashda hamda g‘o‘zadan yuqori hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
kompostni 1:1:1,4:0,6 (sholi yoki yog‘och qipig‘i, qoramol go‘ngi, parranda qiyi, fosfogips) nisbatda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida Yuqori Chirchiq tumanidagi “Amanov Serikbay”, “Xasan Beken agro”, “Muzzam tadbirkor” va “Xijol ona” fermer xo‘jaliklarida jami 72 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 15 maydagi 02/020-40-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 20 t kompost-2 qo‘llangan maydonlarda o‘rtacha gektaridan 6,3 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;
nisbatlari 1:1:1,4:0,6 (sholi yoki yog‘och qipig‘i, qoramol go‘ngi, parranda qiyi, fosfogips) bo‘lgan kompostni qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Amanov Serikbay”, “Xasan Beken agro”, “Muzzam tadbirkor” va “Xijol ona” fermer xo‘jaliklarida jami 72 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 15 maydagi 02/020-40-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gektariga 20 t kompost-2 qo‘llangan paxta maydonlarda iqtisodiy samaradorlik 1003895,2 so‘mga teng bo‘lgan, rentabellik darajasi 42,3 foizni tashkil qilgan.