Maxmudova Nigora Barotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr boshida Turkistonda ma’muriy boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (senator K.K.Palenning taftish materiallari asosida)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar95.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Shuxrat Baxronovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Musaev Nuriddin Umurzakovich, tarix fanlari doktori, professor; Isakova Muxayyo Sirojiddinovna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr boshida Turkistondagi ma’muriy boshqaruv va ijtimoiy-iqtisodiy holatni 1908–1909 yillarda senator K.K.Palen tomonidan olib borilgan taftish materiallari asosida yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taftish hisobotida aks etgan o‘lka boshqaruvi hamda ma’muriy tizimning barcha pog‘onalaridagi muassasalar va huquq-tartib organlarining Turkistondagi soliq xizmati, zemstvolar, davlat mulki boshqaruvi, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, irrigatsiya, tog‘-kon sanoati, foydali qazilmalar qazib olish, imperiya hukumatining ko‘chirish siyosati mohiyati aniqlangan;
mustamlaka siyosatining mahalliy aholi hayotining madaniy va ijtimoiy jarayonlariga, an’anaviy turmush tarzi hamda huquqiy munosabatlariga ko‘rsatgan salbiy ta’siri (mahalliy aholini va kadrlarini ruslashtirish siyosati) isbotlangan;
senator K.K. Palenning Turkistondagi tekshiruvi hisobotlari, uning “Turkiston missiyasi” esdaliklari asosida o‘lkadagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holat, mustamlaka siyosatining asl mohiyati aniqlangan;
taftish hisobotlari asosida o‘lka aholisining demografik, gender, ijtimoiy tarkibining o‘ziga xos jihatlari, shaharlar, zemstvo xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, millatchilik nizolarining tobora kuchayib borishi sabablari, shariat qonunlari to‘plamining tayyorlanishi va qabul qilinishi kabi masalalar asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asr boshida Turkistonda ma’muriy boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (senator K.K.Palenning taftish materiallari asosida) taqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Rossiya imperiyasining boshqaruv uslubi, ko‘chirish siyosati oqibatlari, ta’lim tizimi, kutubxona, muzey, shaharlar infrastrukturasiga oid dissertatsiya ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, ilmiy-tadqiqot markazining “Buxoro viloyatida yoshlarning madaniy meros sohasidagi bilimlarini oshirish” 35-06-15 raqamli grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, ilmiy-tadqiqot markazining 2016 yil 16 noyabrdagi 25-son ma’lumotnomasi). Bu, kasb-hunar kolleji, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda tarixga qiziquvchilar uchun tarix fani darsliklarida qayd etilmagan ma’lumotlar bilan tanishish imkonini bergan;
senator K.K.Palenning esdaliklari, taftish hisobotlari va hujjatlari, shu jumladan, XX asr boshlarida o‘lka, viloyat, uezd, shahar va qishloq boshqaruvi, sud mahkamasi, xalq sudi, qamoqxona ishi, soliq va to‘lovlar, davlat mulki, er xo‘jaligi, tog‘-kon ishi, mahalliy aholining huquqiy turmush tarzi va Turkistonda sug‘orish ishlari kabi noyob materiallardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining “Hujjatlar va fonoteka” fondini boyitishda foydalanilgan hamda mahalliy va chet el sayyohlari uchun taqdim etilgan. (Madaniyat va sport ishlari Vazirligining 2017 yil 23 fevraldagi 01-11-04-1427-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey qo‘riqxonasining fondini yangi materiallar, arxiv xujjatlari bilan boyitib, bu muzeyga tashrif buyuruvchilarda XX asr o‘lka ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishga hizmat qilgan.