Fazlieva Nigina Tojiqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektrolit sistemalar xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/K93.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.02.2018.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Abduvali Jonizoqovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Sidiqov Abdujalil Sidiqovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrolit sistemalar xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslarini «ionit-ionat-elyuent» tizimi guruh tashkil etuvchilarining o‘lcham, o‘zaro ta’sir energiyasi va zaryad kattaliklari asoslangan modellar yordamida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ion xromatografiyasida «ionit-ionat-elyuent» o‘lcham, o‘zaro ta’sir energiyasi va zaryad parametrlari asosida ajralish jarayonlari (nazariy) asoslangan;
«ionit-ionat-elyuent» tizimida ajralish jarayonini maqbullashtirishning algoritmi va uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
istalgan elektrolit sistemalar uchun ionlarni ajratish algoritmi tuzilgan;
turli tarkibdagi kationlar va anionlar aralashmasini ajratishning maqbul sharoitlari tanlangan va turli suvlar, dorivor o‘simliklar tarkibidan ionlar miqdorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektrolit sistemalar xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektrolit sistemalar tarkibidan ionlarni ion xromatografiyasi usulida aniqlash uslubiyati «Samarqandkimyo» AJda amaliyotga joriy etilgan («Samarqandkimyo» AJning 2018 yil 22 oktyabrdagi 2-627/6-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan uslubiyat bir vaqtning o‘zida bitta namunadan bir nechta kation va anionlarni aniqlash imkonini bergan;
suv tarkibidan kationlarni ion xromatografiyasi usulida aniqlash uslubiyati «Diamond Glass» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Diamond Glass» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining 2018 yil 18 avgustdagi ma’lumotnomasi).Natijada yaratilgan uslubiyat bir vaqtning o‘zida bitta namunadan bir nechta ionlarni aniqlash imkonini bergan;
elektrolit sistemalar tarkibidan ionlarni ion xromatografiyasi usulida aniqlash uslubiyati «SAM ROS XOLOD» MChJ O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («SAM ROS XOLOD» MChJ O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining 2018 yil 22 sentyabrdagi 77-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan uslubiyat bir vaqtning o‘zida bitta namunadan bir nechta ionlarni aniqlash imkonini bergan.