Yusupalieva Gulnora Akmalovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali virusli gepatitlarni klinik-exografik diagnostikasi», 14.00.09–Pediatriya, 14.00.19–Klinik radiologiya.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2017.4.DSc/Tib260.

Ilmiy maslahatchilar: Inoyatova Flora Il`yasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rashidov Zafar Raxmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Rossiya diplomdan  keyingi tibbiy ta’lim akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bemorlarnikompleks diagnostika tizimida ul`tratovushli tekshiruvlarning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash orqali bolalardasurunkali virusli gepatitlarni tashxislashni takomillashtirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

surunkali virusli gepatit bilan kasallangan bolalarda jigardagi patologik jarayonning faollik darajasini belgilovchi aniq ilmiy asoslangan klinik-laborator va exografik paralellari aniqlangan;

jigardagi patologik jarayon faolligi darajasini inobatga olgan holda jigar va taloqning yuqori chastotali kulrang shkalali tekshiruvi, dopplerografiya, 3D/4D exografiya, multislays exogepatografiya va elastografiya  qo‘llaniladigan  bosqichli exografiya o‘tkazish  texnologiyasi takomillashtirilgan;

SVG kechishining faollik darajasini aks ettiruvchi va portal gipertenziyaning erta bosqichlarini aniqlashga imkon beruvchi jigar va taloq tomirlaridagi qon oqimining sifatiy va miqdoriy dopplerometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan;

surunkali virusli gepatit bilan kasallangan bolalarda kasallikni faollik darajasiga bog‘liq ravishda  jigar parenximasi elastikligi va fibroz darajasini miqdoriy va sifatiy baholashga imkon beruvchi usul ishlab chiqilgan;

faollik darajasi turlicha bo‘lgan SVGni erta aniqlash va bashoratlashda har bir exografiya usulining (yuqori chastotali kulrang shkalali exografiya, dopplerografiya, 3D/4D exografiya, multislays exogepatografiya va elastografiya) imkoniyatlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda kompleks  tekshiruvlarning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash orqali surunkali virusli gepatitlarni tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ishlab chiqilgan \"Bolalardagi surunkali virusli gepatitlarning faollik darajasini aniqlash usuli\" bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05469, 26.09.2017y.). Taklif etilgan usulning joriy etilishi bolalarda kechuvchi SVGni erta tashxislash va faollik darajasini aniqlash imkonini bergan;

“Bolalarda surunkali virus gepatitlarni kompleks exografik tekshiruvlarini qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 5 dekabrdagi 8n-d/61-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan va bolalarda SVGni tashxislash informativligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, diagnostika va davolash sifatini yanada oshirish imkonini bergan;

V, S, D surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlar davolanadigan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga, jumladan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga, Toshkent viloyati Zangiota tumani Markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 5 dekabrdagi 8-9-3/1562-son ma’lumotnomasi). Ushbu kasallik bo‘lgan bolalarda tekshiruv natijalarining joriy qilinishi tashxislashning, bemor bolaning jarohatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘p mablag‘ talab qiladigan (MRT, KT), yuqori ionlovchi (KT) va biopsiyaning invaziv usullariga bo‘lgan  xarajatlarni qisqartirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish