Axmedova Sanobar Ikrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3409.
Ilmiy rahbar: Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, proffesor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc 15/31.12.2020.I.09.04.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish sanoat korxonasining moliyaviy-iqtisodiy yondashuvi asosida rivojlanishning istiqbol rejalariga ko‘ra, “TREST 12” aksiyadorlik jamiyati qoshida mahalliy qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi taklif etilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari tomonidan M-250 markali beton aralashmasidan tayyor qurilish qoplamalarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish taklif etilgan;
qurilish sohasidagi mahalliylashtirish dasturi asosida asbozurit qurilish materiali chiqindisidan asbest moddasini ajratib olish orqali iqtisodiy tejamkorlik imkoniyati mavjudligi asoslangan;
qurilish sanoat korxonasida ishlab chiqarishning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va sof foyda miqdorini oshirishning istiqbol ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
qurilish sanoat korxonasining moliyaviy-iqtisodiy yondashuvi asosida rivojlanishning istiqbol rejalariga ko‘ra, “TREST 12” aksiyadorlik jamiyati qoshida mahalliy qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklifi “TREST 12” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va Uy-joy Xo‘jaligi Vazirligining 2024-yil 29-oktyabrdagi 24-06/11382-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi QUJXV texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 396-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “TREST 12” aksiyadorlik jamiyatining ishchi resurslari tomonidan vazifalarni samarali bajarilishi hamda yangi malakali kadrlar tayyorlash uchun ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari tomonidan M-250 markali beton aralashmasidan tayyor qurilish qoplamalarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish taklifi “TREST 12” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va Uy-joy Xo‘jaligi Vazirligining 2024-yil 29-oktyabrdagi 24-06/11382-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi QUJXV texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 396-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida korxona tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha sarf-harajatlar qisqarishi, buning natijasida unumli vaqt darajasining oshishiga erishiladi;
qurilish sohasidagi mahalliylashtirish dasturi asosida asbozurit qurilish materiali chiqindisidan asbest moddasini ajratib olish orqali iqtisodiy tejamkorlik imkoniyati mavjudligi taklifi “TREST 12” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va Uy-joy Xo‘jaligi Vazirligining 2024-yil 29-oktyabrdagi 24-06/11382-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi QUJXV texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 396-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida har bir tonna asbozurit chiqindisidan 15 foizgacha asbest moddasini ajratib olish va import harajatlarini qisqartirishga erishiladi;
qurilish sanoati korxonasida ishlab chiqarishning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va sof foyda miqdorini oshirishning istiqbol ko‘rsatkichlaridan “TREST 12” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va Uy-joy Xo‘jaligi Vazirligining 2024-yil 29-oktyabrdagi 24-06/11382-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi QUJXV texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 396-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “TREST 12” aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli istiqboldagi sof foyda hajmi dinamikasini aniqlash hamda asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish