Shadjalilova Mukarram Salimdjanovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I.  Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ichak infeksiyalarining klinik-immunologik xususiyatlari  va davolash samaradorligini qiyosiy baholash», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib307.

Ilmiy maslahatchi: Kasimov Il`xamdjan Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01. 

Rasmiy opponentlar: Kamilova Altinoy Tursunbaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova  Xolida  Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori; Xudaykulova Gulnora Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: bolalarda ichak infeksiyalarining klinik-immunologik  xususiyatlari va davolash samaradorligini  qiyosiy  baholashdan  iborat.

III. Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi:

ilk bor bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalarida polirezistent Salmonella typhimurium var. Copengagen shtammi chaqirgan o‘tkir ichak  kasalligida gemokolit, gipertermiya va toksikodistrofik holatlarning ustuvorligi aniqlangan;

bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari turli shakllarining klinik va laborator xususiyatlarini kasallik ko‘zg‘atuvchisiga va ichakdagi bifidoflora, laktoflora va fermentativ faollikdagi ichak tayoqchalari holatiga bog‘liqligi asoslangan;

bolalar o‘tkir ichak infeksiyalarida infeksion jarayon davomida yallig‘lanishga xos sitokinlarning (IL-1, IL-4, IL-6 va FNO) ortishi isbotlangan;

o‘tkir ichak infeksiyalarida IL-6 va IL-4 yallig‘lanishga xos sitokinlar ortishini  prognostik ahamiyati  aniqlangan;

bolalar o‘tkir ichak infeksiyalarining oqibatlari qo‘zg‘atuvchining patogenligi hamda bemorning  premorbid holatiga bog‘liqligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda ichak infeksiyalarining klinik-immunologik xususiyatlari va davolash samaradorligini qiyosiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Invaziv diareyalarni kliniko-epidemiologik monitoringi va davolash usullarini optimallashtirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 30 martdagi 8N-d/23-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma invaziv diareyalarni erta tashxislash, tarqalishi va klinik kechishini aniqlash, bemorlarni kuzatish hamda davolash chora-tadbirlarini o‘z vaqtida qo‘llash imkoniyatini yaratgan;

bolalarda ichak infeksiyalarining klinik-immunologik xususiyatlari va davolash samaradorligini qiyosiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent shahar 4-son bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 8n-z/162-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirgan, o‘tkir ichak infeksiyalarini barvaqt aniqlash va bemorlarni nazorat qilib turish orqali yuqumli kasalliklar tarqalishini 17% kamaytirishga, shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish