Xolmatov Dilshod Sottorjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maxalliy fosforit va fosfat chiqindilarini kislotali kompleks qayta ishlash texnologiyalari», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T814.
Ilmiy maslahatchi: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Alimov Umar Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: har xil turdagi FXAlaridan klinker usulida EFK va undan fosforli hamda kompleks o‘g‘itlar olish, fosfat xom ashyolarini termik boyitishda hosil bo‘layotgan fosfat chiqindilarini nitrat kislota hamda EFK bilan qayta ishlab FFO‘ va ular asosida aralash o‘g‘itlar olishning takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
EFK olish kattaliklariga sulfat kislota me’yorlari va konsentratsiyalari hamda hosil bo‘lgan klinkerdan suv va EFKning aylanma eritmalari orqali tarkibida 17,00-26,89% P2O5 tutgan EFKni ajratib olish jarayonlarining maqbul kattaliklari aniqlangan;
klinker usulida EFK olishda hosil bo‘lgan fosfogipsni yuvish jarayonlarida uning tarkibidagi P2O5 miqdorini eng kam qiymatlarga keltirishning maqbul sharoitlari topilgan, sifat va miqdor jihatidan qayta ishlash oson bo‘lgan fosfogips olish isbotlangan;
turli xil FXAlardan klinker usulida EFK olish jarayonlarida ftorning fazalararo taqsimoti va FXAlaridan EFK olish jarayonini asosiy maqbul kattaliklari aniqlangan;
FK va MM larni nitrat kislota hamda EFK bilan ta’sirlashtirib, P2O5 ning o‘zlashuvchan qiymati yuqori bo‘lgan FFO‘lar olish jarayonlarining maqbul texnologik qiymatlari aniqlangan;
turli omillar (nitrat kislota, EFKlarning konsentratsiyalari va me’yorlari, kalsiy nitrat konsentratsiyasi va miqdori) ta’sirida tarkibida P2O5 ning umumiy (18,12-33,15%) va nisbiy o‘zlashuvchan miqdorlari (53,42-58,0%) katta qiymatlarga ega bo‘lgan FFO‘lar olish jarayoni asoslangan;
FFO‘, azot va kaliy tutgan o‘g‘itlardan foydalangan holda AO‘larni olishda ular tarkibidagi fosforning nisbiy o‘zlashuvchan miqdorlarini mos ravishda 53,42 dan 72,74% gacha ko‘tarilishi ilmiy asoslangan hamda FFO‘, azotli va kaliyli komponentlar asosida 11,18-16,94% N, 9,09-17,71% P2O5 va 6,78-16,28% K2O tarkibli aralash o‘g‘itlar olishning maqbul nisbatlari aniqlangan;
har xil FXAlardan olingan EFK va uning asosidagi o‘g‘it, FG, FK hamda MM larning mineral va element tarkiblari aniqlangan;
MQ FXAlaridan EFK olish va uning asosida katta miqdordagi ozuqa komponentlariga ega bo‘lgan oddiy fosforli va kompleks o‘g‘itlar hamda MQ FXAlardan YuKFK olishda hosil bo‘ladigan FChlar – FK va MM lar asosida FFO‘ va AO‘lar (NP-, PK- va NPK-li) olishning material oqimlari hisoblangan, iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi asoslangan va takomillashgan texnologik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Har xil turdagi FXAlaridan klinker usulida EFK va undan fosforli hamda kompleks o‘g‘itlar olish, fosfat xom ashyolarini termik boyitishda hosil bo‘ladigan fosfat chiqindilarini nitrat kislota hamda EFK bilan qayta ishlab FFO‘ va ular asosida aralash o‘g‘itlar olishning takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy fosfat chiqindilari – FK va MM lardan olingan FFO‘, ammoniy nitrat va kaliy xlorid asosidagi aralash o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK ning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati” ga kiritilgan (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK 2024 yil 28 avgustdagi 01/127-son ma’lumotnomasi). Natijada, ozuqa komponentlari va P2O5umum. ning o‘zlashuvchanligi yuqori bo‘lgan aralash o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
mahalliy FCh lari – FK va MM larni nitrat kislota bilan qayta ishlash natijasida FFO‘-18 va FFO‘-22 turidagi o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavodi” QK AJning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati” ga kiritilgan (“Elektrokimyozavodi” QK AJ 2024 yil 23 avgustdagi 01/142-son ma’lumotnomasi). Bunda nitrat kislota sarfi 10-15% ga va kalsiy gidroksidni 10-12% ga tejalishi, FCh chiqindisi to‘liq o‘g‘it holiga keltirilishi hamda tannarxini 10-78% gacha arzon bo‘lish beradi;
mahalliy FCh lari – FK va MM larni EFK bilan ta’sirlashtirish natijasida olingan FFO‘-31 va FFO‘-33 turidagi o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavodi” QK AJning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati” ga kiritilgan (“Elektrokimyozavodi” QK AJ 2024 yil 23 avgustdagi 01/142-son ma’lumotnomasi). Bunda EFK sarfi 12-16% ga tejash imkoniyati borligi, FCh lari bo‘lgan FK va MM to‘liq holda o‘g‘itga aylantirilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish