Mirzoev Sharifjon Mirshakarovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“1950 – 1970-yillarda Buxoro viloyatida irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini qurilish tarixi” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/Tar1233
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy rahbar: Rashidov Oybek Rasulovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich tarix fanlari doktori, professor, Komilov Oybek Kamilovich tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: sovet hukumatining agrar islohotlari doirasida bajarilgan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini Buxoro viloyat tajribasi misolida o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng O‘zbekiston hududida mavjud yangi va qo‘riq erlarni o‘zlashtirish borasidagi davlat dasturlarini amaliyotga tatbiq etilishi, Zarafshon daryosi suvining keskin kamayib ketishi, erlarda sho‘rlanishning kuchayishi Buxoro viloyati irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarni tubdan isloh qilish zaruriyatini yuzaga keltirgani, shundan kelib chiqib Jondor, Romitan, Vobkent tumanlarida erlarni sho‘rdan tozalash ishlari, jamoa xo‘jaliklarida gidrotexnik inshootlarni qurish, Quyimozor suv omborini qurilish-montaj ishlari, suv dambalari orqali suvlarni boshqarish amalga oshirilgan bo‘lsada yutuqlar, qurilishda belgilangan vazifa va rejalar ko‘rsatgichidan ancha past bo‘lganligi asoslangan;
Buxoro viloyatida 1950-yillar irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarining qurilishi-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ma’lum loyihalarga tayangan holda olib borilsada, yirik irrigatsiya inshootlari qurish uchun viloyat etarli ishchi kuchiga ega emasli, ayrim hollarda loyihalar to‘liq rejadagidek tugatilmagani, bu esa irrigatsiya tizimida yana muammolarga olib kelgani, 1970-yillarga kelib kadrlar sifati sezilarli oshganligi viloyat suv xo‘jaligi sohasi, jumladan, suv qurilishi tarmoqlarini rivojlantirishda loyiha-qiriduv, ilmiy-tadqiqot va loyiha-smeta ishlari muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan;
Buxoro viloyat suv xo‘jaligi organlari tuzulmasi ish tartibi, mehnat intizomi, moddiy-texnik va malakaliy kadrlar bilan ta’minlash tizimini tartibga solinishi hamda yagona tarmoqqa muvofiqlashtish irrigatsiya-melioratsiya obektlari qurilishida muhim ahamiyat kasb etganligi, sohaga aloqador har bir tarmoqda ilmiy-loyihalash, ilmiy-tekshirish va ilmiy –tadqiqot muassasalari (“Sredazgiprovodxlopok” instituti filiali, “Uzgiprovodxoz” loyiha-qidiruv institutiga aylantirilishi, O‘zdaverloyiha instituti Buxoro filiali ish boshlashi, Buxoro viloyat suv xo‘jaligi tizimi bosh boshqarmasi huzurida loyiha guruhi) paydo bo‘lishi sohadagi muammolarni bartaraf etishda va viloyat sug‘orish tizimini yaxshilagani asoslangan;
XX asrning 60-yillarida viloyatda yuzaga kelgan qurg‘oqchilik viloyatda irrigatsiya tizimidagi rejalarni o‘zgarishiga sabab bo‘lgani, bu jarayon tizimda texnik-tashkiliy muaommolar (elektr liniyasini o‘tkazish kechikoshi, beton zavodi ishga tushirilishining orqaga surilishi, gaz magistral quvurlari kesuvchi nuqtalarda ishlar to‘xtab qolishi, texnik uskunalar va nasoslar uchun elektr o‘tkazgichlar ta’minotida uzilish)ni yuzaga keltirgani, 1970-yillar oxiriga kelib to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgan yangi sug‘orish tizimi (Amu-Qorako‘l, Amu-Buxoro mashinna kanallari) viloyat xo‘jaliklari suv ta’minotini yaxshilab, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini sezilarli oshirishga xizmat qilgani isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1950 – 1970-yillari Buxoro viloyatida irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini qurilishi jarayoni muammosini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng O‘zbekiston hududida mavjud yangi va qo‘riq erlarni o‘zlashtirish borasidagi davlat dasturlarini amaliyotga tatbiq etilishi, Zarafshon daryosi suvining keskin kamayib ketishi, erlarda sho‘rlanishning kuchayishi Buxoro viloyati irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarni tubdan isloh qilish zaruriyatini yuzaga keltirgani, shundan kelib chiqib Jondor, Romitan, Vobkent tumanlarida erlarni sho‘rdan tozalash ishlari, jamoa xo‘jaliklarida gidrotexnik inshootlarni qurish, Quyimozor suv omborini qurilish-montaj ishlari, suv dambalari orqali suvlarni boshqarish amalga oshirilgan bo‘lsada yutuqlar, qurilishda belgilangan vazifa va rejalar ko‘rsatgichidan ancha past bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi “Buxoro suv taʼminoti” muzey filiali ekspozisiyalaridagi boyitishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 21-dekabrdagi 04-05/4816-son maʼlumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar amaliyotda muzey fondini boyitishga hamda muzeyga tashrif buyuruvchilarda Buxoro irrigatsiya va melioratsiya tarixi bo‘yicha tushunchalarini boyitishga xizmat qildi;
Buxoro viloyatida 1950-yillarda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarining qurilishi-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ma’lum loyihalarga tayangan holda olib borilsada, yirik irrigatsiya inshootlari qurish uchun viloyat etarli ishchi kuchiga ega emasli, ayrim hollarda loyihalar to‘liq rejadagidek tugatilmagani, bu esa irrigatsiya tizimida yana muammolarga olib kelgani, 1970-yillarga kelib kadrlar sifati sezilarli oshganligi viloyat suv xo‘jaligi sohasi, jumladan, suv qurilishi tarmoqlarini rivojlantirishda loyiha-qiriduv, ilmiy-tadqiqot va loyiha-smeta ishlari muhim ahamiyat kasb etganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va man’aviyat” dasturlarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2023-yil 22-noyabrdagi 02-36-892-sonli dalolatnomasi). Berilgan ma’lumotlar teletomoshabinlarning Buxoro irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari qurilishi-ta’mirlash hamda ularning xususiyatlari borasidagi tushunchasini kengaytirishga xizmat qildi;
Buxoro viloyat suv xo‘jaligi organlari tuzulmasi ish tartibi, mehnat intizomi, moddiy-texnik va malakaliy kadrlar bilan ta’minlash tizimini tartibga solinishi hamda yagona tarmoqqa muvofiqlashtish irrigatsiya-melioratsiya obektlari qurilishida muhim ahamiyat kasb etganligi, sohaga aloqador har bir tarmoqda ilmiy-loyihalash, ilmiy-tekshirish va ilmiy –tadqiqot muassasalari (“Sredazgiprovodxlopok” instituti filiali, “Uzgiprovodxoz” loyiha-qidiruv institutiga aylantirilishi, O‘zdaverloyiha instituti Buxoro filiali ish boshlashi, Buxoro viloyat suv xo‘jaligi tizimi bosh boshqarmasi huzurida loyiha guruhi) paydo bo‘lishi sohadagi muammolarni bartaraf etishda va viloyat sug‘orish tizimini yaxshilaganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2022–2023 yillar davomida bajarilgan AL-4421055887-raqamli “Raqamli arxiv: O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarining onlayn yo‘l ko‘rsatkichlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda keng foydalanildi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Miliy universitetining 2024 yil 18 oktyabrdagi 04/11-9042 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyati xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan ehtiyoji, sug‘orish tarmoqlari holati, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, tiklash, taʼmirlashga doir ilmiy dalillarning arxivda aks etgani loyiha asosida tayyorlangan monografiyani mazmunini boyitishga xizmat qildi;
XX asrning 60-yillarida viloyatda yuzaga kelgan qurg‘oqchilik viloyatda irrigatsiya tizimidagi rejalarni o‘zgarishiga sabab bo‘lgani, bu jarayon tizimda texnik-tashkiliy muaommolar (elektr liniyasini o‘tkazish kechikoshi, beton zavodi ishga tushirilishining orqaga surilishi, gaz magistral quvurlari kesuvchi nuqtalarda ishlar to‘xtab qolishi, texnik uskunalar va nasoslar uchun elektr o‘tkazgichlar ta’minotida uzilish)ni yuzaga keltirgani, 1970-yillar oxiriga kelib to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgan yangi sug‘orish tizimi (Amu-Qorako‘l, Amu-Buxoro mashinna kanallari) viloyat xo‘jaliklari suv ta’minotini yaxshilab, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini sezilarli oshirishga xizmat qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanildi (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 29 oktyabrdagi 402/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oʻzbekistonning sovet mustabid tuzumi davri tarixiga doir ma’lumotlarni targ‘ib qilish, bugungi kunda ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanish zaruratini asoslashga xizmat qilgan.