Usarova Marg‘uba Nazar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kognitiv faollikni oshirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5017.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
lmiy rahbar: Muminova Nilufar Abdiraxmonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Gulbahor Namozovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kognitiv faollikni oshirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kognitiv faollikni oshirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqiy tayyorgarlik jarayoni samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan lingvointellektning grammatik va leksik tuyg‘u, mantiqiy tafakkur, boy tasavvur kabi xususiyatlarining didaktik identifikatsiyasiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar kognitiv faolligini oshirish jarayonining funksional modeli mas’uliyatlilik, faollik, tirishqoqlik kabi shaxs irodaviy sifatlarining ta’limiy maqsadlarni amalga oshirishdagi ta’sirini baholash hamda kognitiv faoliyatning bilish, o‘zlashtirish, faollik, realizatsiya komponentlari bilan gorizontal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kognitiv faollikni oshirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi o‘quvchilar ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan mantiqiy-rivojlantiruvchi muammoli-didaktik muhitni tashkil qilish hamda intellektual sifatlar gradatsiyasiga qaratilgan mantiqiy-o‘yinli mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kognitiv faollikni oshirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi intellektual labillikning diqqat bo‘linuvchanligi, ta’lim muhitidagi o‘zgaruvchanlikka moslashish, tafakkurning tezkorligi kabi sifatlarini eksperimental o‘rganish hamda ta’lim maqsadlariga vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini oshirishga doir metodikani takomillashtirish asosida qo‘lga kiritilgan natijalar asosida:
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kognitiv faollikni oshirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqiy tayyorgarlik jarayoni samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan lingvointellektning grammatik va leksik tuyg‘u, mantiqiy tafakkur, boy tasavvur kabi xususiyatlarining didaktik identifikatsiyasiga ko‘ra aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-346-son guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim metodik ta’minoti ilg‘or tajribalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar kognitiv faolligini oshirish jarayonining funksional modeli mas’uliyatlilik, faollik, tirishqoqlik kabi shaxs irodaviy sifatlarining ta’limiy maqsadlarni amalga oshirishdagi ta’sirini baholash hamda kognitiv faoliyatning bilish, o‘zlashtirish, faollik, realizatsiya komponentlari bilan gorizontal integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid xulosalardan “Savod o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-286-son guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf savod o‘rgatish davrini tashkil etish jarayoni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirilishiga xizmat qilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kognitiv faollikni oshirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi o‘quvchilar ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan mantiqiy-rivojlantiruvchi muammoli-didaktik muhitni tashkil qilish hamda intellektual sifatlar gradatsiyasiga qaratilgan mantiqiy-o‘yinli mashqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlardan “Sinfda o‘qish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-258-son guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim metodikasi mazmunan takomillashishiga xizmat qilgan.
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kognitiv faollikni oshirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi intellektual labillikning diqqat bo‘linuvchanligi, ta’lim muhitidagi o‘zgaruvchanlikka moslashish, tafakkurning tezkorligi kabi sifatlarini eksperimental o‘rganish hamda ta’lim maqsadlariga vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Sinfda o‘qish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-258-son guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim metodikasi mazmunan takomillashishning didaktik-uslubiy mazmuni boyitilgan.